Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi .
465
Korxonalar zimmasidagi soliq yukini engillashtirishga erishishda qo‘shilgan
qiymatdan olinadigan soliq stavkasini kamaytirishga ham e’tibor qaratiladi.
Respublikada soliq tizimini isloh qilishda uning tarkibini tubdan o‘zgartirish,
resurslar, mol-mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq
undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo‘yiladi.
Tabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona
foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun er osti boyliklari, suv va qayta
tiklanmaydigan boshqa resurslarga to‘lov o‘rnatish soliq siyosatining navbatdagi
yo‘nalishidir.
Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan soliqlar bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida
aniq chegarani belgilash soliq tizimini takomillashtirishning eng muhim
yo‘nalishidir.
Bunda davlat byudjeti daromadining katta qismini joylarga berish, mahalliy
byudjetlarni mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratiladi.
Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini
takomillashtirish
bilan
bir
qatorda,
korxonalarning
moliya
intizomini
mustahkamlash, to‘lov majburiyatlarini bir meyorga keltirish, qarzlarning salbiy
oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Soliq yukini kamaytirish – mamlakatimiz soliq siyosatining muhim yo‘nalishi. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab,
iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning bozor iqtisodiyoti tizimiga
o‘tishning tadrijiy yo‘li tanlandi. Muhtaram Prezidentimiz I.Karimov tomonidan
ishlab chiqilgan bozor munosabatlariga o‘tishning beshta tamoyili amaliyotga joriy
etildi va u iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida o‘zining ijobiy natijasini
berdi. Ta’kidlash joizki, ushbu besh tamoyil bugungi kunda dunyoning barcha
davlatlari tomonidan "o‘zbek modeli" deb tan olindi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bozor tamoyillariga to‘liq javob
beradigan yangi soliq tizimi shakllandi. O‘zbekiston Respublikasining yangi Soliq
kodeksi qabul qilindi, soliqlarni boshqarishning zamonaviy usullari va
mexanizmlari joriy etildi, soliq organlarining yaxlit
tizimi yaratildi. O‘zbekistonda bugungi kunda olib
borilayotgan soliq siyosati xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarga soliq yukini yanada pasaytirishga, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga,
aholining real daromadlari va ularning xarid qilish
qobiliyatini oshirishga qaratilgan.
Iqtisodiy o‘sishga erishish uchun avvalo,
soliq
to‘lovchilar zimmasidagi soliq yukini
optimallashtirish
lozim.
Chunki
yuqori
soliq
stavkalari qo‘llanilishi korxonalarning moliyaviy
imkoniyatlarini cheklashga olib keladi. Shu bois,
muhtaram Prezidentimiz I.Karimov 2005 yilning 28
yanvarida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va
Senatining qo‘shma majlisida mamlakatimizda olib
borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarga atroflicha
“...Soliq tizimi
nafaqat soliqlarni
undirish, balki
birinchi galda,
rag‘batlantirish
xususiyatiga ega
bo‘lishi lozim”.