Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi


Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/29
tarix12.01.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#79026
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi

466 
to‘xtalib o‘tdilar. Jumladan, mamlakatimiz Prezidenti o‘z ma’ruzalarida soliq 
to‘lovchilarga soliqqa tortish tizimida qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar 
berish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini engillashtirish, soliq 
qonunchiligining barqarorligini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or 
mamlakatlar ijobiy tajribalaridan foydalanish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar. 
"Prinsipial muhim ustuvor vazifalardan biri - soliq siyosatini yanada 
takomillashtirish. Aytish joizki, yuqorida zikr etilgan ustuvor vazifalarning 
barchasi soliq siyosatimizni takomillashtirish bilan bevosita bog‘liqdir. “...Soliq 
tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga 
ega bo‘lishi lozim”.
7
Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e’tibor 
qaratib kelindi. Bunda, birinchi navbatda, ularning daromadlaridan undiriladigan 
bevosita soliqlarning salmog‘ini pasaytirish lozimligi alohida ahamiyatga ega. 
Buning natijasida korxonalar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar ulushining 
ko‘payishi evaziga ularning aylanma mablag‘lari miqdorini oshirib borish va 
optimal darajasini saqlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, uning 
samaradorligini oshirish maqsadida investitsiyalarni keng jalb etish, ishchi-
xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish imkoni yaratiladi.
O‘zbekistonda soliq yukini kamaytirishga yuridik shaxslardan olinadigan 
foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ish beruvchilar 
uchun ish haqi tarzidagi daromadlarga nisbatan yagona ijtimoiy to‘lov va boshqa 
shu kabi asosiy soliqlar stavkalarini kamaytirish, ayrim samarasiz soliqlar va 
yig‘imlarni bekor qilish yoki ularning soliq solish bazasini qisqartirish, 
shuningdek, iqtisodiyotning ayrim tarmoq va soha korxonalariga soliqlardan turli 
imtiyozlar berish orqali erishildi. Natijada soliq yuki yalpi ichki mahsulotga 
nisbatan 1991 yilda 41,2 foizni tashkil etgani holda 2000 yilda 27,9 foizni, 2015 
yilda esa 20 foizni tashkil etdi (4-rasm). Boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga 
olganda bu ko‘rsatkich 30-33 foizdan oshmaydi. Dunyo davlatlari soliq 
amaliyotida bu ko‘rsatkich normal holat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: "O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 
20 foizga, daromad solig‘i stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‘lsada, 
davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi".
8
7
"Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir". 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi 
ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2005 yil 29 yanvar. 
8
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari 
va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining 
majlisidagi ma’ruzasidan olingan.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin