Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
.
460
Davlat byudjeti va uning taqchilligi
Davlat byudjeti-bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy
qoplash manbalarining yillik rejasidir.
Davlat byudjeti tushunchasi, umumjamiyat
miqyosida markazlashgan va
davlat ishtirokida to‘plangan va sarflanadigan moliyaviy resurslar harakatini
anglatadi.
Byudjetning qaysi darajada ekanligidan qatiy
nazar unga uch jihatdan
yondoshish mumkin: Iqtisodiy kategoriya, moliyaviy dastak va xuquqiy ktegoriya
sifatida.
Iqtisodiy kategoriya sifatida byudjet turli darajada markazlashgan fondlarini
shakllantirish, taqsimlash, foydalanish jarayonida
yuzaga keluvchi iqtisodiy
munosabatlardir.
Moliyaviy dastak sifatida byudjet-tegishli darajadagi
davlat va mahalliy
hokimiyat organlari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni
bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondidan iboratdir.
Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni
byudjet xisobidan moliyaviy
ta’minlashda undan moliyaviy dastak sifatida foydalanish ko‘zda tutiladi.
Huquqiy kategoriya sifatida byudjet mamlakat tegishli xududlari doirasida
markazlashtirilgan pul mablag‘larini shakllantirish, ularni taqsimlash va
foydalanishga qaratilgan hamda tegishli davlat
yoki mahalliy xokimiyat
Yillar
Davlat
byudjeti
daromadlari,
mlrd. so‘m
Davlat byudjeti
xarajatlari,
mlrd. so‘m
Davlat
byudjeti
kamomadi,
Dostları ilə paylaş: