Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi .
458
rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lishi,
turli soliqlar undirib olish va mablag‘ bilan
ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.
Davlat moliya vositasida zimmasiga
yuklatilgan vazifalar doirasida, iqtisodiyot
subektlar tasarrufiga moliyaviy mablag‘lar
qanchalik o‘z vaqtida tushayotganligi,
shuningdek,
ulardan
foydalanish
samaradorligini nazorat qiladi;
3. Moliyaning taqsimlash vazifasi
aniq iqtisodiy vaziyatda jamg‘arish va
iste’molni optimallashtirish maqsadida milliy
daromadning
taqsimlanishi
va
qayta
taqsimlanishini ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Bu real ishlab chiqarish sohalarida
yaratilgan yalpi mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi
qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar,
iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari, mamlakat xududlari o‘rtasida
taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Bunda milliy daromadning bir
qismi korxona va aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona
to‘lovlari, aksiz yig‘inlari kabilar orqali davlat byudjetida to‘planadi. Davlat
to‘plangan milliy daromadning katta qismini moliyaviy vositalar orqali aholining
ijtimoiy madaniy ehtiyojlariga (uy-joy qurilish, tibbiyot xizmati, maorif, nafaqa,
stipendiya va shu kabilarga), daromadlar darajasini ushlab turishga, milliy
mudofaga, atrof muhitni muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi.
Shuni aytish lozimki, moliyaviy munosabatlar tizimida davlat moliyasi
alohida o‘rin tutadi. Bunda nafaqat davlat, balki xususiy sektor korxonalari
daromadining bir qismini undirish yo‘li bilan davlat pul fondlarini shakllantiradi.
4. Moliya iqtisodiy jarayonlarni, turli tadbirlarni moliyalash va unga xizmat
ko‘rsatish vazifasini ham bajaradi;
5. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan
maxsulot qiymatini taqsimlash jarayonida, ikkinchidan, foizli daromadlarni tashkil
qilish va taqdim qilish mexanizmi vositasida amalga oshiriladi. Ikki xolda ham
moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning pirovard natijasiga, mahsulot
sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
6. Ijtimoiy ximoyalash ham moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma’lumki,
axolining muhtoj qatlamlari qariyalar, nogironlar, kam daromadli oilalar o‘z
tirikchiligini yuritishni minimal darajada ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
Ijtimoiy himoyalash esa ularni moliyaviy ta’minlash, boshqacha aytganda,
moliyaviy kafolatlashni talab etadi. Bu asosan davlat moliyasi yordamida amalga
oshiriladi. Davlat maxsus fondlar tashkil etib, bunday himoyalashni tizimli amalga
oshirib boradi. Ishsizlik nafaqalari, bolalar uchun nafaqa, nogironlar pensiyasi
kabilar shular jumlasiga kiradi.
Bundan tashqari ijtimoiy iste’mol orqali amalga oshadigan fondlar ham
mavjud bo‘lib, bularga bepul tibbiy xizmat, maorif, atrof muhitni muhofazalash
kabilar kiradi.