Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
.
453
muvozanatlashtirish,
soliqlarni
ratsional
darajada
pasaytirib, erkin xususiy
tadbirkorlik va bozor
raqobatini rivojlantirish to‘g‘risidagi fikrlari;
3.
Davlatning
iqtisodiyotga
aralashuvi
faqatgina ayrim xizmatlar, xo‘jalik faoliyatini himoya
qilish bilan cheklanishi kerakligi to‘g‘risidagi fikrlari;
Fiskal siyosat oldiga qo‘yilgan
maqsad va
vazifalardan kelib chiqib, uning uchta yo‘nalishi, ya’ni
iqisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, barqarorlashtirish va
iqtisodiy faoliyatni chegaralash
siyosatlarni alohida
ajratib ko‘rsatish mumkin.
Iqtisodiy o‘sish maqsadlaridan kelib chiqib, fiskal
siyosat bandlik darajasini va shu orqali YaIM real hajmini oshirishga yo‘naltiriladi.
Bunda rag‘batlantiruvchi fiskal siyosatning dastaklari davlat xarajatlarining o‘sishi
va soliq stavkalarining pasayishi hisoblanadi.
Boshqacha
aytganda, hozirgi davrda davlatning byudjet barqarorligini
ta’minlashga qaratilgan moliyaviy siyosati iqtisodiy inqiroz yoki turg‘unlik davrida
byudjet taqchilligini bartaraf etish maqsadlariga qaratilishi zarur.
Agar davlat o‘zining fiskal va xarajatlar siyosatidan foydalanib,
mahsulot
ishlab chiqarish hajmini bir me’yorda ushlab turishga va narxlarning barqarorligini
ta’minlashga intilsa, bunda uning iqtisodiyotni barqarorlashtirish orqali iqtisodiy
jarayonlarini rag‘batlantirish yoki ushlab turishga qaratilgan moliyaviy siyosat
turlicha maqsadni ko‘zlab, bir-biridan farqlanadi.
Davlatning iqtisodiy faollikni cheklash siyosati
real YAMM hajmining
potensial darajasidan keskin farq qilishini kamaytirishga yo‘naltirilib, bu ayni
vaqtda iqtisodiy o‘sish va uning tanazzuli davrlarida inflyasiya va ishlab
chiqarishdagi inqirozli jarayonlardan qochishga qaratiladi.
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tartibga solish
orqali makroiqtisodiy
muvozanatlikni ta’minlab borishga qaratilgan fiskal siyosat bir qator moliyaviy
vosita va iqtisodiy dastaklar yordamida amalga oshiriladi. Qo‘llaniladigan bu
barcha moliyaviy vosita va dastaklar birgalikda tartibga solishning moliyaviy
mexanizmini tashkil qiladi.
Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi va amaliy hayotda fiskal siyosatning ikkita
turi ajratiladi:
1. Diskretsion fiskal siyosat yoki bevosita davlat tomonidan
amalga oshiriladigan siyosat;
2. Nediskretsion fiskal siyosat yoki avtomatik ravishda
barqarorlashtiruvchi siyosat.
1.
Diskretsio
n fiskal siyosat
2. Nediskretsion
fiskal siyosat