“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
105
Bunda talabalarni antrasen unumlarining chinligini
va miqdorini aniqlash usullari, kimyosi va
texnologiyasi bilan, shuningdek sano ekstraktini va bo‘yoqdor ro‘yan ekstraktini
olish texnologik
sxemalar bilan tanishtirish.
2. Mavzuning ahamiyati:
Tarkibida antrasen unumlari bo‘lgan dorivor o‘simliklarni taxlil qilishni o‘rganish.
3. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar:
1.
Antrasen unumlariga ta‘rifini bering.
2.
O‘simlik mahsuloti tarkibidagi antrasen unumlarini qaysi reaksiyalar bilan aniqlash mumkin?
3.
Erkin antrasen unumlari va ularning glikozidlari qanday fiz-kimyoviy xossalarga ega?
4.
Antrasen unumlarini xromatografik taxlil qilishda qanday reaktivlardan foydalanish mumkin?
5.
Mahsulot tarkibidagi antrasen unumlari miqdorini aniqlash usuli qanday?
6.
Antrasen unumlarining tibbiyotdagi axamiyati qanday?
7.
Sano ekstraktini olish texnologiyasi jarayoni qanday olib boriladi?
8. Bo‘yoqdor ro‘yan ekstraktini olish texnologiyasi jarayoni qanday olib boriladi?
Texnologik cxemalarni tusing
4. Mustaqil bajarish uchun vazifalar:
Bu guruxga antrasenning turli darajadagi oksidlangan birikmalari (antranollar, antronlar,
oksantronlar va antraxinon)
ularning oksi, oksimetil va boshqa unumlari hamda glikozidlari
(antraglikozidlar), bimolekulyar birikmalar (diantranollar, diantronlar va boshqalar)
hamda ularning
oksimetil unumlari va glikozidlari kiradi.
Antrasen unumlarining fizik va kimyoviy xossalari
Antrasen
unumlari sariq, to‘q sariq, to‘q sariq-pushti rangli kristall modda bo‘lib, ularning
glikozidlari
suvda yaxshi, spirtda yomon eriydi, efir, xloroform va boshqa
organik erituvchilarda juda
yomon eriydi yoki butunlay erimaydi, aglikonlari esa aksincha organik erituvchilarda yaxshi erib, suvda
erimaydi.
Antrasen unumlarining qizdirilganda uchuvchanlik xossasi bor. Bu guruxga kiruvchi
birikmalarning ko‘pchiligi optic faol moddalar bo‘lib, qutblantirilgan yorug‘lik tekisligini o‘ngga yoki
chapga buradi.
Uf –va ko‘k-binafsha nur ta‘sirida antrasen unumlari turli rang bilan tovlanadi.
Bu tovlanish
ularning molekulasidagi asosiy yadrosi oksidlanish darajasiga va yadrosiga joylashgan funksional
guruxlarning soni va turi joyiga bog‘liq. Masalan, antraxinon unumlari to‘q sariq, pushti, qizil va olov-
qizil, antron va antranol unumlari – sariq, zangori, binafsha rang bilan tovlanadi.
Ishqor eritmasi ta‘sirida antrasen unumlarining glikozidlari parchalanib, sof holda ajralib chiqqan
aglikonlar suvda yaxshi eriydigan fenolyat tipidagi birikmalar – antraxinolyatlar hosil qiladi.
Antraxinolyatlarning suvdagi eritmasi to‘q qizil bo‘lib, kislotalar ta‘sirida (kislotali sharoitda)
parchalanadi va qaytadan suvda erimaydigan sariq rangli sof holdagi aglikonga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: