“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Laboratoriya ishi №8 
Antrasen unumlarining miqdoriy analizi. 
0,05 g aniq o‘lchab olingan maydalangan sano barglarini 100 ml xajmli konussimon kolbaga 
solinadi va 7,5 ml konsentrlangan sirka kislotasi solinadi. Kolbaga qaytarma sovitkich bilan biriktiriladi 
va qaynab turgan suv hammomida 30 minut davomida qizdiriladi. So‘ngra kolbadagi aralashma 
sovitilib, unga sovitkich orqali 30 ml efir quyiladi va aralashma yana 15 minut qaytalidi (sovitilgan suv 
hammomida) va aralashma paxta-filtr orqali xajmi 250 ml bo‘lgan bo‘luvchi voronkaga fil‘trlanadi. 
Kolbadagi sano barglariga yana efir solinib, 15 minut qaynatiladi. Efirli ajratmani birlamchi ajratma 
ustiga paxta fil‘tr orqali fil‘trlanadi. Sano barglari solingan kolbani va voronkani paxta-fil‘tr bilan 2 
marta 10 ml efir bilan yuviladi. Bo‘luvchi voronkadagi ajratmaga 100 ml ishqor aralashmasi (2 % 
ammiak saqlagan 5 % li natriy ishqori) solinadi va 3 minutdavomida chayqatiladi. Bo‘luvchi 
voronkadagi aralashma tindiriladi va ajralgan ishqor qavati xajmi 250 ml li o‘lchov kolbasiga solinadi, 
bo‘luvchi voronkadagi efirli ekstraktni esa to pushti rang hosil bo‘lishi to‘xtamagunga 25 ml dan ishqor 
aralashmasi bilan chayqatiladi. 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
107 
O‘lchov kolbasidagi suyuqlik ishqor aralashmasi bilan kolbaning belgisigacha yetkaziladi. Olingan 
ajratmaning 25 ml xajmi 100 ml bo‘lgan kolbaga solinib, qaytaruvchi sovitkich bilan birlashtiriladi va 
suv hammomida aralashtirib turgan holda 15 minut davomida qizdiriladi. 
So‘ngra ajratma sovitiladi va xajmi 25 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga miqdoriy o‘tkaziladi hamda 
xajmi belgisigacha yetkaziladi. Ajratmaning optik zichligi fotoelektrokolorimetrikda yashil nurli filtr 
yordamida, qalinligi 10 mm bo‘lgan kyuvetada o‘lchanadi. Nol nuqtasi distillangan suv bo‘yicha 
o‘rnatiladi. Juda to‘q rangli ajratma olingan holda o‘lchashdan avval ajratmani ma‘lum miqdori ishqor 
aralashmasi bilan ma‘lum xajmga qadar suyultiriladi. 
Analiz qilingan ajratma tarkibidagi antrasen unumlarining konsentrasiyasi kobal‘t xlorid eritmasi 
yoki toza holdagi antrasen unumlarining eritmasi yordamida tuzilgan kalibrovkali grafik bo‘yicha 
topiladi. 
Antrasen unumlarining quruq sano barglariga nisbatan olingan present miqdori quyidagicha 
formula bo‘yicha xisoblanadi: 
X = ____c V k____ 
a 10 (100 - h) 
Bu yerda c – kalibrovkali grafikdan topilgan antrasen unumlarining 100 ml dagi mg miqdori; 
V – ishqorli ajratmaning boshlang‘ich xajmi; 
a – olingan sano barglarining gram miqdori; 
h – namlik, present hisobida; 
k – qizdirilgandan so‘nggi muyultirish koeffisienti. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin