“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
108
Amaliy ish №10
Sano ekstraktining olinish texnologiyasi.
Xom ashyoni tayyorlash
. Quritilgan sano barglarini tegirmonda 3-5 mm gacha maydalanadi.
Isitgichli, soxta tubli, aralashtirgichli,
qaytar sovutgichli, zanglamaydigan ekstraktorga maydalangan
Sano barglari solinadi va 1 : 6 nisbatda qaynab turgan dixloretan bilan 1 soat ekstraksiya qilinadi.
Ekstraktorlar bug‘ yordamida isitiladi. Ekstraksiya vaqti o‘tishi bilan qaynoq dixloretanli ekstraktni azot
yordamida druk-filtr orqali o‘tkazilib, qaytar sovutgichli yig‘gichga yig‘iladi. Shu ketma-ketlikda yana 2
marta ekstraksiya jarayoni olib boriladi. Tozalangan dixloretan yangi xom ashyoni ekstraksiyasi uchun
ishlatiladi. Bu jarayon tugagandan keyin ekstraktor tashqarisidan
qaynoq suv yuboriladi, vacuum,
aralashtirgich yoqiladi va dixloretanni o‘simlik xom ashyosidan xaydaladi. Dixloretan xaydalgandan
keyin ekstraktor sovitiladi (ekstraktor tashqarisidan sovuq suv berilib turiladi). Xom ashyo olinib,
texnologik jarayonning keyingi bosqichiga yuboriladi.
O’simlik xom ashyosidan antrasen unumlarining ekstraksiyasi.
For ekstraksiyadan keyin shamollatilgan sano
barglarini qaytar sovutgichli, oynali reaktorga
solinadi va 70 % li etil spirit bilan 1:6 nisbatda 1 soat davomida, kuchsiz
qaynagan holda ekstraksiya
qilinadi. Keyin ekstraksiya xona temperaturasigacha sovitilib yig‘gichga solinadi. 2-3 marta ekstraksiya
qilish uchun 70 % li spirtdan birinchi ekstraksiyada qancha ajratma olingan bo‘lsa shuncha solinadi.
Shunday sharoitda hammasi bo‘lib 3 marta ekstraksiya olib boriladi. Ajratilgan chiqindi rektifikasion
kolonkaga o‘tkazilib, bu yerda chiqindidan spirt haydaladi. Spirt haydalgandan keyingi chiqindi
kolonkadan olinib, chiqitga yuboriladi. Spirtli ekstraktlar yig‘ilib, texnologik
jarayonning keyingi
bosqichiga yuboriladi.
Oxirgi maxsulotni olinishi.
Yig‘ilgan spirtli ekstraktlar vakuum-sirkulyasion bug‘latgich apparatida bug‘latiladi, umumiy
xajmning 1/10 qismi qolguncha. Haydalgan etil spirit keyingi jarayonlarda ishlatiladi. Kub qoldiq to‘q
jigar rangli quyuq massa bo‘lib, uni uzoq vaqt saqlash mumkin emas. Tarkibida antrasen unumlari 1 %
dank am bo‘lmaydigan va quruq holga kelguncha sut shakari qo‘shiladi, yaxshilab aralashtiriladi va
vakuum valli quritgich apparatida 120-130
0
C da quritiladi. Quritgichda
beriladigan ekstraktni sut
shakari cho‘kmaga tushmasligi uchun aralashtirib turish kerak. Quritilgan ekstrakt tegirmonda
maydalanadi. Namligi 2 % va antrasen unumlari 1,9 % bo‘lgan maydalangan kukun olinadi. Chiqish
unumi 50, 43 % ni tashkil qiladi.
Sano preparati surgi dori sifatida ishlatiladi. Sano oson va og‘riqsiz ta‘sir qiladi. Dori shakli –
tabletka 0,32 gr.
Sano bargida antrasen hosilalari – 3,7 % gacha, mevasida-4,6 % gacha bo‘ladi.
Ishlatilishi. Dorivor preparatlari (damlamasi,
quruq ekstrakti, tabletka holiday, senadeksin
murakkab qizilmiya kukuni va kompleks preparatlar tarkibiga kiradi) surgi sifatida qo‘llaniladi. Sano
bargi surgi sifatida va bevosil kasalligida ishlatiladigan choylar-yig‘malar, kafiol va antrasenin
praparatlar tarkibiga ham kiradi.
Dostları ilə paylaş: