“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
158
shoxlangan.
Bargi oddiy, bandli kulrang yashil, tuxumsimon yoki cho‘ziq
tuxumsimon, o‘tkir uchli,
tekis qirrali yoki cheti bir oz o‘yilgan va poyada ketma-ket joylashgan bo‘lib, boshni aylantiruvchi
yoqimsiz xidi bor. Gullari yirik oq, faqat bir kecha gullaydi. Mevasi-ko‘p urug‘li, sharsimon, kulrang-
yashil yoki qo‘ng‘ir rangli va ko‘sakcha.
Morfin (texnik)-qo‘ng‘ir sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir kulrang mayda kristall kukun.
Ishqor va
kislotalarning suyultirilgan eritmalarida eriydi. Asosiy modda miqdori suvsiz morfin xisoblanadi, 91%
dan kam emas. Solishtirma og‘irligi 0,58 kg (l. Suyultirilgan spirtda kristallanganda bir molekula suvi
bor. Sulfat, xlorid va boshqa kislotalar bilan yaxshi kristallanuvchi tuzlar xosil qiladi. Kuchli ishqorlar
bilan suvda yaxshi eruvchi morfilyatlar xosil qiladi. Ishqor eritmalarida morfin xavo kislorodi bilan
oksidlanib oksidomorfin xosil qiladi.
Texnik morfin kodein, kodein fosfat, dionin, apomorfin
gidroxlorid va morfin gidroxlorid ishlab chiqarishda oraliq maxsulot xisoblanadi. Xavoda quritilgan va
urug‘laridan tozalangan ko‘knori mevalari maydalanadi. Xom-ashyo o‘lchamlari 5-3 mm bo‘lmog‘I
lozim.
Alkaloidlarnining suvli ekstraktsiyasi.
Ekstraktsiyadan oldin xom-ashyo reaktorda bo‘ktiriladi,
aralashtirilib 5 daqiqa davomida bug‘ bilan ishlanadi. Morfin xom-ashyoda organik
kislotalar tuzlari
ko‘rinishida bo‘lib, ekstraktsiya suv bilan 80-90
0
S xaroratda olib boriladi. Ajratmadagi morfin
miqdori 0,05-0,04% ni tashkil etadi.
Ekstraktni filtrlash
. Ekstraktsiya tugagandan so‘ng filtrlanadi. Filtrat adsorberga beriladi.
Adsorber sifatida KU-1 kationit smola bilan to‘ldirilgan. Kationitlardan morfin 1,5-2,0 % li
ammiakning spirtli eritmasidan ekstraktsiya (yuvish) qilib olinadi.
Elyuatdan morfin ajratib olish
. Elyuatdan morfin ajratib olish uchun eritma bug‘latiladi. Kub
qoldiq sulfat kislota bilan ishlanadi. Bunda morfinning sulfat tuzi xosil bo‘ladi. Kub qoldiqdagi spirt
miqdori 35%, xajm qolguncha bug‘latiladi. Spirtli eritmadan morfin 25% li ammiak yordamida
cho‘ktiriladi. Cho‘kmaga tushgan morfin-asos ajratib olinadi va tozalanadi.
Morfinni tozalash.
Morfinni tozalash uchun uni sirka kislotaning 2% li eritmasida 50
0
S da
eritiladi. Barcha morfin erigandan so‘ng eritmaga faollashtirilgan ko‘mir qo‘shiladi. So‘ng
sentrifugada filtrlanadi. Filtrat yana 90
0
S
gacha isitilib, unga izopropil spirt qo‘shiladi. Eritma natriy
gidrosulfat yordamida tiniqlashtirilgandan so‘ng morfin 12% li ammiak yordamida cho‘ktiriladi.
Morfinning umumiy chiqish unumi- 45,39 %
Dostları ilə paylaş: