“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
156
1-matn
Anabazin gidroxlorid olish texnologiyasi
Anabazin gidroxlorid – oq kristall kukun. Erish xarorati 216-220
0
S., xidsiz, nordon ta‘mli, suvda
yaxshi eriydi. Anabazin gidroxlorid kichik miqdorda tamaki chekishni tashlash uchun – metilanabazin
nafas olish markazini qo‘zg‘atuvchi stimulyator vosita sifatida ishlatishga tavsiya etiladi. Anabazindan
yana nikotin kislota (vitamin rr) olinadi. Anabazin gidroxlorid 0,003g li tabletka xolida chiqariladi.
Anabazin gidroxlorid ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida sho‘radoshlar- Chenopodiaceae
oilasiga mansub itsigak – Anabasis aphylla L. o‘simligidan foydalaniladi.
Xom ashyoni ekstraktsiyaga tayyorlash va alkaloidlarni ekstratsiyalash
. Xom ashyo diffuzorga
solinadi va o‘tkir bug‘da 12-15 min. bug‘latiladi. Bug‘latishdan sabab oqsil moddalarni o‘simlik xom
ashyosida ivib qolishning va qisman bo‘ktirilishi uchun alkaloidlarning suv bilan ekstraktsiyalash
jarayoni 850-95
0
S xaroratda qarama-qarshi oqim bo‘yicha diffuzor batereyalarda olib boriladi.
Ekstraktlarni diffuzordan diffuzorga siqilgan xavo ostida olib o‘tganda ular kalorizatordan o‘tadi, u
erda ular 850-95
0
S gacha qizdiriladi, 10 karrali ekstraktsiyadan so‘ng chiqindi ajratib olinadi. 0,8-0,9%
rN 4,5-5 bo‘lgan anabazin saqlagan ekstrakt yig‘gichga yuboriladi.
Alkaloidlarni kerosin bilan ekstraktsiyalash
. Yig‘gichdan ekstrakt ishqorlantirichga ―druk‖ filtri
orqali yuboriladi. Ekstrakt 42% li rN I 12-11 bo‘lgan NaON ning suvli eritmasi bilan ishqorlantiriladi.
Ishqorlantirilgan ekstraktlarni kerosin bilan ishlov berish uchun likopchali nasadkali kolonkalardan
foydalaniladi. Kolonka ekstraktlar bilan to‘ldirilgandan so‘ng pastdan
markazdan qochma kuch
ta‘sirida ishlovchi nasos orqali oldindan 75-95
0
S gacha qizdirilgan xolda kerosin yuboriladi. Kerosin
kolonka bo‘ylab o‘tganda ustiga yig‘iladi va quyilish trubasi orqali kerosin bilan to‘yingan ekstrakt
yig‘gichga solinadi. Ekstrakt tarkibidagi alkaloidlar miqdori 0,01% ga etguncha kolonnaga kerosin
yuboriladi.
Sul’fatlash jarayoni
. Sul‘fatlash 2 ta o‘zaro qo‘shilgan sulfatorda olib boriladi, bularning biriga
42% N
2
SO
4
eritmasi solinadi. Xar bir sul‘fator bir safar asosiy bir safar oxiri bo‘ladi.
Asosiy
sulfatorda 0,5% N
2
SO
4
, oxirgi qismda 10% N
2
SO
4
bo‘ladi. Kerosinli ekstrakt yig‘gichdan
asosiy
sul‘fatorning injektorga yuboriladi. Oxirgi sul‘fatorga sul‘fatorlash jarayoni xuddi asosiy
sul‘fatornikiga o‘xshash bo‘ladi. Alkaloiddan ozod bo‘lgan kerosin oxirgi sulfatordan aloxida idishga
solinadi. Keyingi ajralishda oxirgi sul‘fator asosiy, tayyor anabazin sul‘fat olingandan so‘ng asosiy
oxirgi sul‘fator sifatida ishlatiladi.
Anabazin sul’fatni neytrallash.
Texnik anabazin sul‘fat suv bilan (1:1) suyultiriladi va rN – 4,5-5
muxitda xloroform bilan ekstraktsiyalanadi. Sul‘fat aralashtirgichli, qobiqli va teskari muzlatgichli
apparatga quyiladi. Buni ustiga o‘lchangan,
xisoblangan miqdorda konts N
2
SO
4
solinadi. Aralashma
yaxshilab aralashtirilib 5
0
C gacha sovutiladi. Keyin reaktsion massaga aralashtirib turgan xolda asta
sekinlik bilan natriy nitrat quyiladi bunda reaktsion massaning temperaturasi 5
0
C
dan oshmasligi
kerak. Xisoblangan miqdorda natriy nitrit solingandan so‘ng reaktsion aralashma 4 soat 5
0
C da
aralashtiriladi, keyin 12 soatga tindiriladi. Keyin aralashma 40% li NaOH bilan pH – 6,8-7 ga etguncha
neytrallanadi, bundan nitrozoanabazin ajralib chiqadi. Neytrallangan aralashma likobchali ekstraktorga
quyiladi va unga xloroform qo‘shiladi. Nitrozoanabazin ekstraktsiyasi 1soat davomida olib boriladi
jami 7-8 marta ekstraktsiyalanadi, bunda pH – 6,5 bo‘lishi kerak.
Ekstraktsiya oxirida xloroformli ekstrakt bir soatga tindiriladi.
Birinchi beshta ta ekstrakt
qo‘shilib, suvsiz natriy gidrosulfatda quritiladi. Nutch filtrda filtrlanadi. Xloroform vakuum-
tsirkulyatsion apparatda xaydaladi.
Nitrozoanabazinni gidrolizlash
. Nitrozoanabazin aralashtirgichli, qobiqli va teskari muzlatgichli
qurilmaga solinadi. Bunga xisoblangan miqdorda 18% li HCL solinadi. Aralashma
aralashtiriladi va
98-100
0
da qizdirib 8 soat tindiriladi. Reaksion massa sovigandan so‘ng uni 40% NaOH bilan rN – 9,0-
9,5 muxit xosil bo‘lguncha qo‘shiladi. Keyin likobchali ekstraktorda anabazin xloroform ekstraktsiyasi
olib boriladi. Xloroform ekstraktni suvsiz natriy sulfat bilan quritiladi va nutch filtrida filtrlanadi.
Xloroform vakuum-tsirkulyatsion apparatda xaydaladi. Anabazin qoldiq xloroformdan quritiladi va
120-140
0
C xaroratda 4-5 mm sim ust. qoldiq bosim ostida vakuumda xaydaladi.