“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
48 
ginsen C.A.Mey. 
oilasi 
Radix ginseng 
Baland (Man‘chjuriya) araliya 
— Aralia elata (Miq.) Seem.
Araliyadoshlar — Araliaceae 
oilasi 
Araliya o‗simligining ildizi — 
Radix araliae anshuricae 
Baland 
Exinopanaks 
— 
Echinopanax elatum Nakai. 
Araliyadoshlar — Araliaceae 
oilasi 
Exinopanaks 
o‗simligining 
ildizpoyasi 
— 
Rhizoma 
echinopanacis 
Sertuk 
gulli 
astragal 
— 
Astragalus dasyantus Pall. 
Dukkakdoshlar — Fabaceae 
oilasi 
Astragal o‗simligining er ustki 
qismi 
— Herba astragali 
dasyanthi 
Saponinlarni analiz qilish usullari 
Sifat reaksiyalari. 
Saponinlarga rangli reaksiyalar. 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasi, ildizlari eritmasini (yoki saponin saqlovchi mahsulotdan 
tayyorlangan ajratmani) probirkaga solib chayqatilsa, tur\un ko‗pik hosil bo‗ladi. 
qon bilan reaksiya. 
Probirkadagi 1 ml Nippon dioskareyasi ildizpoyasi, ildizlaridan olingan ajratmaga natriy 
xloridning 0,9 % li eritmasidagi fibrinsizlantirilgan qonni 2 % li eritmasi 1 ml qo‗shib chayqatilsa, 
ajratma tiniq to‗q qizil rangga o‗tadi (eritrotsitlar parchalanadi, gemolizga uchraydi). 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasi, ildizlaridan tayyorlangan eritmasiga qo‗r\oshin (II)-
gidroksiatsetat eritmasidan bir necha tomchi qo‗shilsa, cho‗kma hosil bo‗ladi. 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasiga bariy gidroksidning to‗yingan eritmasidan (bariyli 
suv) bir necha tomchi qo‗shilsa, cho‗kma hosil bo‗ladi. 
2 ml Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasi 1 ml konsentrlangan sulfat kislota, 1 ml spirt va 
temir xloridning 10% li eritmasidan bir tomchi qo‗shib qizdirilsa, ko‗k-yashil rang hosil bo‗ladi (Lafon 
reaksiyasi). 
2 ml Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasi natriy nitratning 10% li eritmasidan 1 ml va 
konsentrlangan sulfat kislotadan bir tomchi qo‗shilsa, to‗q qizil rang hosil bo‗ladi. 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasining konsentrlangan sirka kislotasidagi eritmasiga sirka 
angidridi va konsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan (50:1 nisbatda) 2 ml qo‗shilsa tezda ko‗k 
yoki yashil rangga o‗tuvchi pushti-qizil rang hosil bo‗ladi (steroid saponinlarga Liberman-Burxard 
reaksiyasi). 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasiga vanilinni 1% li eritmasi, sirka angidridi va 
konsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan qo‗shilsa pushti (triterpen saponinlar) yoki sariq (steroid 
sponinlar) rang hosil bo‗ladi (Sane reaksiyasi). 
1 ml Nippon dioskareyasi ildizpoyasining spirtdagi eritmasiga xolesterinning spirtdagi 
eritmasidan 1 ml qo‗shilsa, cho‗kma hosil bo‗ladi (steroid saponinlarga reaksiya). 
1 ml xloroformdagi 2-3 mg Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasiga konsentrlangan sulfat 
kislotadan asta-sekin qo‗shilsa, sariq (triterpen saponinlarga xos) yoki qizil (steroid saponinlarga xos) 
rang hosil bo‗ladi (Salkovskiy-Molchanov reaksiyasi). 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasidan juda yupqa qilib kesib olingan mikroskopik preparatni bir xil 
miqdordagi konsentrlangan sulfat kislota hamda 96% li spirt aralashmasiga bir oz solib qo‗yib, so‗ngra 
mikroskop ostida ko‗rilsa, saponinli hujayralar sariq rangga bo‗yalgan holda (keyinchalik qizil rangga 
o‗tadi) ko‗rinadi. SHu preparatga temir xlorid eritmasidan bir tomchi tomizilsa, u holda yuqorida aytib 
o‗tilgan rang oldin qo‗n\ir, so‗ngra zangori-qo‗n\ir tusga aylanadi (mikrokimyoviy reaksiya). 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasining qaysi guruhga mansubligi quyidagi reaksiya yordamida 
aniqlanadi: 2 ta probirka olib, birinchisiga xlorid kislotaning 0,1 n eritmasidan (rN — 1) 5 ml, 
ikkinchisiga kaliy ishqorining 0,1 n eritmasidan (rN — 13) 5 ml quyiladi va har qaysi probirkaga 3 
tomchidan saponinlar eritmasida (yoki saponinlar ajratmasidan) qo‗shib, 1 minut davomida qattiq 
chayqatiladi. Agar ikkala probirkada balandligi va tur\unligi bo‗yicha teng bo‗lgan ko‗pik hosil bo‗lsa, 
analizga olingan saponinlar triterpen guruhiga kiradi. Agar saponinlar steroid guruhiga kirsa, u holda 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin