“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 45
Kub qoldiqni bo`luvchi voronkaga vakuum yordamida o`tkaziladi. Uning ustiga bir xil hajmda
xloroform qo`shiladi va 10 min chayqatiladi. Uning ustiga bir xil hajmda xloroform qo`shiladi va 10
min chayqatiladi va 20 min tindiriladi. Tingandan so`ng pastki qism yig`gichga yig`iladi. Bo`lish
voronkasiga yana yangi xloroform 1|3 hajm miqdorda qo`shiladi. Ekstraktsiya yana xuddi shu
sharoitda 8-10 marta takrorlanadi.
Xloroform va izopropil spirti aralashmasi bilan ekstraktsiyalash Tozalangan suvli eritmani voronkaga o`tkaziladi. Unga suvli eritmani 3|2 qismigacha xloroform
va izopropil spirti 3 |1 nisbatda aralashmasi qo`shiladi. ( 2 marta ekstraktsiyalash uchun 3|1 qismi
olinadi). Aralashmalar 20 min dan aralashtiriladi. Qatlamlar ajralishiga 15 min vaqt beriladi.
Ektraktsiyalash 8-10 marta takrorlanadi (bunda suvli qism Legal reaksiyasi bermaguncha).
Xloroformli-izopropanolli aralashmani bug`latish Xloroform-izopropanolli ekstraktni vakuum-tsirkulyatsion bug`latish apparatida 0,3 atm bosimda
75-150 mm. sim.ust. bug`latiladi. Bug`latishning oxirgi kerakli hajmgacha tuzsizlantiriligan suv
qo`shilib, bug`latishni xloroform yo`qolguncha davom ettiriladi. Bug`latish tugagandan so`ng qoldiqni
butilkaga solib keyingi jarayonga o`tkaziladi.
Alyuminiy oksidi bilan tozalash Xromatografik kolonkaning balandligi 600 mm, diametri 300mm bo`lib, patki qismiga nerjdan
tayyorlangan to`r joylashtirilgan va to`rning ustiga ikki qavat doka yoki 32 № li kapronli to`r va bir xil
qalinlikdagi paxta joylashtirilgan bo`lib, uning ustiga 2-3 sm quruq alyuminiy oksidi sepiladi. Boshqa
nerjli idishga 50% metanol tayyorlanadi. Alyuminiy oksidini idishga sepiladi ( ya'ni 1 kg xom ashyoga
100 g AL2O3 ) yaxshilab suspenziyalanadi va xromatografik kolonkaga o`tkaziladi. Alyuminiy oksidi
kolonkada cho`kmaga tushadi, toza metanol esa oqib ketadi. Bug`latilgan xloroform-izopropanolli
ektraktni barobar hajmda suyultiriladi va kerakli hajmgacha 50% metanol bilan etkaziladi. Yaxshilab
aralashtirilib, kolonkadan o`tkaziladi. So`ngra 50% li metanol bilan elyuatsiyalanadi. Lyugol
reaksiyasi bermaguncha. Elyuatlar yig`ilib xaydash uchun vakkum-tsirkulyatsion apparatga yuboriladi.
Bug`latish kondensatni solishtirma og`irligiga teng bo`lguncha olib boriladi.
Texnik abitsin olish Suvli kub qoldiqni vakuum yordamida shisha reaktorga o`tkaziladi va etil atsetat bilan 10 min
aralashtirilib ekstraktsiya qilinadi. So`ng qatlamlar hosil bo`lish uchun 20 min tindiriladi. Pastki suvli
qism yuqorigi etilatsetat qismidan ajratiladi va suvli qismiga yana etilatsetat yangi portsiyasi solinib,
bu jarayon 3 marta takrorlanadi. Yig`ib olingan etilatsetat vakuum-tsirkulyatsion apparatda
bug`latiladi. Kub qoldiqni konussimon kolbaga solib, shu bor hajmiga teng disstillangan suv qo`shiladi
va yaxshilab aralashtirilib va 10 kunga xona haroratida abitsinni kristallash uchun qoldiriladi. 3-4 chi
kunlarida kolbani 5
0
C sovuqqa qo`yiladi, vaqt o`tgandan so`ng abitsinni shisha filtrda filtrlanadi.
Cho`kma 5
0
C sovutilgan sovuq suv bilan yuviladi, kristallizatordan o`tkaziladi va vakuum quritgichda
50-60 S da 3-4 soat quritiladi. Chiqish unumi 25,4%.
Texnik abitsinni kristallash Texnik abitsinni maydalab, issiqlikka chidamli tubi yumaloq kolbaga solamiz 96,5 % 1:5
nisbatda etanolda eritiladi. Kolbaga teskari sovutkich o`rnatilgan bo`lib, suv xammomi ustida olib
boriladi. So`ngra faollashtirilgan ko`mir solib yana 10 min kolba qaynatiladi. Issiq spirtli eritmani
Byuxner voronkasi orqali filtrlanadi. Filtratni 5 S 18-20 soatga sovutgichga qo`yiladi. Vaqt o`tgandan
so`ng shisha filtrda filtrlanadi. Filtratdagi cho`kma yaxshilab siqiladi va oz miqdorda sovuq etanol
bilan yuviladi. So`ng vakuum quritgich shkafida 50-60
0
C 5-6 soat quritiladi. Chiqish unumi-85%.
Bshlang`ich jarayondan to oxirigacha chiqish unumi-21,6 %.