“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 42
VILR ilmiy xodimi E.I. Ermakov Erusimum canescens Roth. usimligining urugida ferment
ishtirokida gidrolizlanish tufayli yurak glikozidlari mikdori oshishini aniklandi. Maydalangan va
namlangan urug 22-25 gradus xaroratda 24 soat kuyib kuyilganda undagi glikozidlar mikdori 10%
oshgan. E.I. Ermakov fikricha, bu xodisa kisman yurak glikozidlarining murakkab birikmalar tarkibida
uchrashi va ularning gidroliz natijasida sof xolda ajralib chikishi xamda usimlikdan ajratib olinishiga
boglik.
Yurakka asosan glikozidlarning geninlari ta‘sir etadi. Kand kismi ularning suvda erishini
kuchaytiradi va yurak muskullarida tuplanishiga erdam beradi. Bundan tashkari, kand kismi
glikozidlarning organizmda shimilishini, ta‘sirini tezlatadi va uzok chuzadi.
Shu bilan birga ba‘zi kand molekulalari geninlar bilan birlashib, uning ta‘sir kuchini uzgartirib
yuborishi mumkin. Masalan: ramnoza boshka kandlarga karaganda geninning (konvallatoksin
tarkibida) ta‘sir kuchini ancha oshiradi, tevitoza kandi genin bilan birlashganida esa (tevetin tarkibida)
glikozid molekulasining ta‘sir kuchini kamaytiradi.
Odatda yurak glikozidlari uz aglikonlari geninlariga nisbatan yurakka kuchlirok ta‘sir
kursatadi. SHuni aytish kerakki, ba‘zan aksincha ta‘sirni xam uchratish mumkin. Masalan, lanatozid E
glikozidining aglikoni – gitaloksigenin o‗z glikozidiga nisbatan yurakka 9 marta kuchli ta‘sir kiladi.
Bufadienolidlarda esa aglikonlar biologik faolligi buyicha o‗z glikozidlariga yakin turadi.
Yurak glikozidlari skeleti tarkibida ayrim funksional guruxlar xam glikozidlarning yurakka
kiladigan ta‘sir kuchini o‗zgartirishi mumkin. 12-nomerdagi – ON guruxi glikozidlar kuchini oshirsa,
16-nomerli uglerod atomidagi – ON guruxi esa aksincha, faollikni kamaytiradi.
Yurak glikozidlarining faolligiga ularning bo‗shliqdagi va ichki izomer xollari xam ta‘sir
kiladi, 17-nomerli uglerod atomidagi lakton xalka molekulaga v – xolida birikkan bulsa, glikozid
ancha biologik faol, b-xolida birikkan bulsa, juda kuchsiz buladi.
Usimlikdan ajratib olingan toza yurak glikozidlari achchik mazali kristall xoldagi btirikma
bulib, suv va spirtda yaxshi, boshka organik erituvchilarda emon eriydi eki butunlay erimaydi.
Yurak glikozidlari usimlik tukimalarida sintezlanadi xamda ular boshka glikozidlar singari
usimliklarning barcha organlaridagi xujayra shirasida erigan xolda uchraydi. Bu guruxga kiradigan
glikozidlar kendirdoshlar (Apocynaceae), sigikuyrukdoshlar (Scrophulariaceae), lolaguldoshlar
(piezguldoshlar-Liliaceae), ayiktovondoshlar (Ranunculaceae), asklepiyadoshlar (Asclepiadaceae),
selderdoshlar (krestguldoshlar) – Apiaceae (Cruciferae), dukkakdoshlar (Fabaceae), jukadoshlar
(Tiliaceae), tutdoshlar (Moraceae), normushkdoshlar (Celastraceae) va boshka oila vakillari tarkibida
topilgan.
Xozirgacha butun dune mikesida usimliklardan 400ga yakin yurak glikozidlari ajratib olingan.
SHulardan 160 tasi sobik Ittifokda olingan va o‗rganilgan. Ajratib olingan glikozidlarning 380 tasi
kardenolidlarga, kolganlari esa bufadienolidlarga kiradi.
Ma‘lum bulgan yurak glikozidlarni tashkil etishda 136 ta aglikon va 35 ta monosaxaridlar
ishtirok etadi.
Yurak glikozidlarining biologik taxlillari
Dorivor o‗simlik maxsulotlari va fitopreparatlar tarkibidagi yurak glikozidlarning mikdorini
aniklashning kator usullari bor bulishiga karamasdan sobik Ittifok Davlat farmakopeyasida (boshka
xamma davlatlar farmakomeyasi xam) bu gurux glikozidlarni saklovchi maxsulotlarni biologik analiz
kilish – ya‘ni maxsulotlarning xayvon organizmiga ta‘sir kilish kuchini aniklashni talab kiladi. Bunday
talablar kuyilishiga asosiy sabablar:
birinchidan yurak glikozidlari kuchli zaxarli biologik faol birikmalar bulib, ularni kerakli
mikdoridan bir oz ortikcha berib yuborilsa, bemorlarni zaxarlab kuyishi va okibati emon bulishi
mumkin; ikkinchidan usimlik eki fitopreparat tarkibidagi yurak glikozidlarining mikdori ularning
xayvon organizmiga ta‘sir kilish kuchiga doimo tugri kelavermaydi.
Biologik usullar yurak glikozidlarining usimlik tarkibida borligini va ta‘sir kuchini aniklovchi
boshlangich analiz bulib, ular yurak glikozidlarining zaxarli mikdorida xayvonlarni yurak ishini
tuxtatishga asoslangan.