“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
40 
Tibbiyotda sianogen glikozidlardan asosan o‗z, tarkibida amigdalin saqlovchi dorivor 
o‗simliklar ishlatiladi. Amigdalin rangsiz kristall birikma bo‗lib, yuqorida aytib o‗tilgan 
ra‘noguldoshlar oilasiga kiruvchi o‗simliklarning uru\i, bargi va boshqa organlarida bo‗ladi. Bu 
o‗simlik organlari to‗qimasida amigdalin bilan birga emulsin fermenti xam uchraydi. Amigdalin ana 
shu ferment ta‘sirida parchalanib, ikki molekula glyukoza, sianid kislota va benzoy aldegid xosil 
kiladi: 
Gidroliz natijasida ajralib chiqqan sianid kislota benzoy aldegid bilan reaksiyaga kirishib, 
benzoaldegidsiangidrid birikmasini xosil qilishi mumkin. 
Tibbiyotda ishlatiladigan amigdalinli dori turlari achchiq bodom uru\idan yoki uning o‗rnida 
ishlatilishi mumkin bo‗lgan o‗simliklardan tayyorlanadi. 
Maxsulotda amigdalin borligini quyidagi reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin. 
1. Achchiq bodom (yoki achchiq o‗rik, shaftoli va boshqalar) uru\i (ma\zi) ni 2-3 tomchi suv 
bilan chinni xovonchada ezilsa, amigdalinning emulsin ferment ishtirokida parchalanishidan xosil 
bo‗lgan sianid kislota va benzoy aldegidning o‗ziga xos xidini sezish mumkin. 
2. Achchiq bodom (yoki shaftoli, achchiq danakli o‗rik va boshqalar) uru\i 1-2 tomchi 
konsentrlangan sulfat kislota bilan chinni xovonchada ezilsa, pushti rang xosil bo‗ladi. 
Tibbiyotda ishlatish uchun bodom uru\idan achchiq bodom suvi tayerlanadi. 
Tarkibida monoterpen (achchiq) glikozidlar bo‗lgan dorivor o‗simliklar 
Bu guruxga kiruvchi glikozidlarning aglikonlari monoterpenlar va ularning unumlaridan tashkil 
topgan. Aglikonlar bir yoki bir nechta molekula monosaxaridlar (ba‘zan spetsifik yoki disaxaridlar) 
bilan birlashib, o‗z glikozidlarini xosil qiladi. 
Tibbiyotda qo‗llaniladigan tarkibida monoterpen glikozid bo‗lgan o‗simliklarning xammasi va 
glikozidlari achchiq mazaga ega. SHuning uchun bu gurux glikozidlari achchiq glikozidlar nomi bilan 
xam yuritiladi. 
O‗simliklar tarkibida achchiq mazali birikmalar ko‗p uchraydi. Lekin ularning xammasi xam 
achchiq glikozidlarga kiravermaydi. Achchiq glikozidlar me‘da suyuqligining reflektor ajralishini 
kuchaytirib ishtaxa ochadi, organizmga boshqacha fiziologik ta‘sir ko‗rsatmaydi. Boshka achchiq 
moddalar esa organizmga turlicha fiziologik ta‘sir etadi. Masalan: alkaloidlar (xinin, kapsaitsin, 
piperidin), turli glikozidlar (yurak glikozidlari, tioglikozidlar) va boshqa birikmalar. 
O‗simliklar dunyosida achchiq glikozidlar kam bo‗lib, ular erbaxodoshlar (Gentianaceae), 
meniantdoshlar (Menyanthaceae), astradoshlar (murakkabguldoshlar)–Asteraceae (Compositae) va 
qisman yasnotkadoshlar (labguldoshlar) – Lamiaceae (Labiatae) oilasi vakillarida uchraydi. 
Monoterpen glikozidlar yaxshi o‗rganilgan emas. Ulardan bir qanchasi sof xolda ajratib 
olingan. Sof xolda ajratib olingan achchiq glikozidlar amorf yoki kristall modda bulib, neytral yoki 
kuchsiz kislota xossasiga ega. Ular suvda, etil, metil spirtlarida, ba‘zilari xloroformda, efirda, 
benzolda, dixloroetanda va boshqa organik erituvchilarda eriydi. 
Monoterpen (achchiq) glikozidlarning xammasiga xos sifat reaksiyalar va ular miqdorini 
aniqlaydigan usullar xozircha yo‗q. SHunga ko‗ra monoterpen glikozidlar xozircha achchiq moddalar 
sifatida standartlanadi, ya‘ni ularning achchiqlik ko‗rsatkichi organoleptik usul-Vazitskiy usuli bilan 
aniqlanadi. 
Achchiqlik ko‗rsatkichideb, tekshirilayotgan achchiq moddani suvdagi eritmasining yoki 
achchiq glikozidli o‗simliklardan tayerlangan qaytanmaning sezilarlik darajada achchiq mazza 
beruvchi eng kichik miqdoriga (yoki konsentratsiyasiga) aytiladi. 
Maxsulotdan Vazitskiy usulida tayyorlangan qaynatmadan (yoki achchiq modda eritmasidan) 
10 ta probirkada turli konsentratsiyali eritma tayerlanadi. So‗ngra probirkadagi suyuqliklar mazzasini 
(eng kichik konsentratsiyasidan boshlab) birma-bir ta‘tib ko‗rib, standart eritma bo‗lgan xinin 
sulfatning 1:100.000 konsentratsiyali eritmasiga solishtiriladi. Natijada achchiq mazali eng kichik 
konsentratsiyali probirka topiladi. SHu probirkadagi eritmaning suyultirilgan darajasi topilsa, 
achchiqlik ko‗rsatkichi kelib chiqadi. Achchiqlik ko‗rsatkichi maxsulot (yoki modda) ning o\irlik 
(miqdori) birligiga nisbatan xisoblanadi.
Tarkibida yurak glikozidlari (kardenolidlar va bufadienolidlar) bo‗lgan dorivor o‗simliklar

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin