“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
41 
Yurak glikozidlarining aglikonlari – geninlari bir, ikki, uch va ba‘zan to‗rtta qand molekulasi 
bilan birikib, glikozidlar xosil qiladi. Bu glikozidlar asosan yurak muskullariga ta‘sir etganligi uchun 
yurak glikozidlari (yoki yurak zaxarlari) deb ataladi. 
Yurak glikozidlarining geninlari quyidagi ikkita birikmadan bittasining unumi bo‗lishi shart: 
Agar yurak glikozidlari molekulasining tarkibida 5 a‘zoli tuyinmagan lakton (butenolid) xalqasi 
bo‗lsa, kardenolidlar (I), 6 a‘zoli 2 marta tuyinmagan lakton (kumalin) xalkasi bo‗lsa, 
bufadienolidlar(II) deb ataladi. 
Sterioid birikmalarga yurak glikozidlaridan tashqari, o‗simlik va xayvonlar organizmida ko‗p 
uchraydigan moddalar: vitamin D, ba‘zi saponinlar, sterinlar (fito-xamda zoosterinlar), o‗t kislota, 
jinsiy organlarning garmonlari va boshqa birikmalar kiradi. Bu birikmalarning asosiy skeleti 
siklopentanperfenantren yadrosidan iborat bo‗lsa-da, ular kimyoviy tuzilishi bilan bir-biridan katta farq 
qiladi. Faqat yurak glikozidlariga xos guruxlar: 3 va 14-nomerga joylashgan uglerod atomlaridagi OH, 
13-nomerga joylashgan uglerod atomidagi SN3 va 17-nomerdagi uglerod atomiga birlashgan 5 yoki 6 
a‘zoli to‗yinmagan lakton xalqalaridir. 5,11,12 va 16-nomerdagi uglerod atomlarida qo‗shimcha ON, 
10-nomerdagi uglerod atomida metil-SN3 (angishvonagul tipi) yoki glikozid molekulasidagi qand 
skeletining 3-nomeridagi uglerod atomiga joylashgan – ON guruxi orqali birlashadi. Bitta glikozid 
tarkibida 5 tagacha monosaxaridlar bo‗lishi mumkin. 
Ko‗pincha glikozid molekulasida qand kismi sifatida glyukoza, shuningdek, o‗ziga xos 6-
dezoksigeksozalar (6-nomerdagi uglerod atomida ON guruxi bo‗lmaydi), 2-6 – dezoksigeksozalar (2 
va 6-nomerdagi uglerod atomlarida ON guruxi bo‗lmaydi) va shu dezoksigeksozalarning 3-nomerdagi 
uglerod atomi orqali xosil qilgan metil efirlari xamda o‗ziga xos di- va trisaxaridlar bo‗ladi. Xozir 
yurak glikozidlari tarkibiga kiradigan 350 ta xar xil monosaxaridlar ma‘lum. 
Yurak glikozidlarining asosiy ta‘sir etuvchi guruxi 17-nomerdagi uglerod atomiga joylashgan 5 
yoki 6 a‘zoli bo‗lishi glikozidlar ta‘siriga unchalik axamiyatli bo‗lmasa-da, lekin lakton xalqasining 
parchalanishi yoki to‗yinishi ( masalan, strofantidinda) ular ta‘sir kuchini butunlay to‗xtatadi. SHuning 
uchun maxsulot tayyorlash, quritish va saqlash paytida yuqorida aytib o‗tilgan xolatlarni unutmaslik 
lozim. CHunki tayyorlangan o‗simlik nam joyda qolsa va o‗z vaqtida to‗\ri quritilmasa, maxsulot 
tarkibidagi yurak glikozidlari gidrolizlanish, geninning lakton xalqasi to‗yinishi, oksidlanishi xamda 
parchalanishi mumkin. Natijada glikozidlarning ta‘sir kuchi kamayadi yoki butunlay yuqolib ketadi. 
Maxsulot tayyorlash va quritish davrida murakkab molekulali yurak glikozidlari parchalanib
bir-ikkita yoki xamma qandlarini ajratishi mumkin. SHuning uchun olimlar o‗simlik to‗qimasida 
birlamchi, ancha murakkab molekulali, ya‘ni genuinli glikozidlar bor deb xisoblaydilar. Ular fikricha, 
quritilgan maxsulot va ulardan tayerlangan dori turlari tarkibida (shuningdek ajratib olingan kristall 
xoldagi glikozidlar xam) birlamchi glikozidning gidrolizlanishidan xosil bo‗lgan, bir-ikkita qand 
molekulasini yo‗qotgan ikkilamchi glikozid yoki geninlar bo‗ladi. Bu fikr ma‘lum sharoitda (quritish, 
saqlash yoki glikozidlarni ajratib olish jarayonida) mavjud bo‗lgan yurak glikozidlarining xaqiqatdan 
xam osonlik bilan gidrolizlanishiga asoslangan bo‗lishi mumkin. Shunga qaramasdan, o‗simliklarda 
o‗tkazilgan ayrim tajribalar yuqorida ko‗rsatilgan jarayonlarda yurak glikozidlari doimo 
parchalanmasdan, ba‘zan murakkablanishi xam mumkin ekanligi isbot qilindi. Masalan, kimyo fanlari 
doktori 
prof.N.K.Abubakirov 
kendr 
o‗simligi 
(Apocynum 
cannabinum 
L..,Apocynum 
androsaemifoliumL.)ildizini ochiq xavoda uzoq vaqt quritilganda uning tarkibida qand molekulasiga 
boy K-strofanin- – glikozidi kupayib ketishini isbotladi (asosan tirik o‗simlik to‗qimasida monozid, 
simarin to‗planadi). N.K.Abubakirov bu tajribaga asoslanib, yurak glikozidlarini birlamchi genuinli va 
ikkilamchi guruxlarga bo‗lish to‗\ri emas, degan fikrga keldi. So‗ngra u o‗simlik tarkibida glikozidlar 
doimo o‗zgarib turishi (oddiy shakldan murakkab shaklga o‗tishi va aksincha murakkab shakldan 
oddiylashishi) mumkinligini isbot qildi. 
Yuqorida bayon etilgan tajribalar yurak glikozidlarining o‗simlik tukimasida yuz beradigan 
biosintez jaraenida ishtirok etishini xam tasdiklaydi. Ma‘lumki, usimliklar kurigani sari ular 
tukimasidagi namlik kamaya boradi. Bu esa tukimadagi biosintez jaraenining buzilishiga olib keladi. 
Balki shu davrda tukimanga zarur bulgan suv molekulasini ajratib chikarish uchun kand ishtirokida 
murakkab glikozid molekulasi sintez bulishi kerakdir. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin