“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 39
Glikozidlarning terapevtik ta‘siri xam ularning aglikonlariga bo\liqdir. +and qismi aglikonlarni
(demak, glikozid molekulasini) suvda erishini xamda xayvonlar organizmida shimilishini, ya‘ni
organizmga ta‘sir qilishini tezlashtiradi. SHu bilan birga, ba‘zi monosaxaridlar ayrim aglikonlarni
ta‘sir kuchini oshirishi yoki aksincha pasaytirishi mumkin.
Tarkibida glikozidlar saqlovchi dorivor o‗simliklar tasnifi
Tarkibida glikozid saqlovchi o‗simliklar shu glikozidlar aglikonining kimyoviy
tuzilishiga qarab sinflarga bo‗linadi. Ba‘zi glikozidlar xozirgacha etarli darajada
o‗rganilmagani uchun sinflarga bo‗lishda ularning fizik xossalari yoki xayvonlar organizmiga
ko‗rsatadigan fiziologik ta‘siri asos qilib olingan.
Tibbiyotda ishlatiladigan tarkibida glikozidlar bo‗lgan dorivor o‗simliklar va maxsulotlar
quyidagi sinflarga bo‗linadi:
1.Tarkibida tioglikozidlar bo‗lgan;
2.Tarkibida sianogen glikozidlar bo‗lgan;
3.Tarkibida monoterpen (achchik) glikozidlar bo‗lgan;
4.Tarkibida steroid (yurak) glikozidlari bo‗lgan;
5.Tarkibida triterpen glikozidlar (saponinlar) bo‗lgan;
6.Tarkibida fenolglikozidlar bo‗lgan;
7.Tarkibida antraglikozidilar bo‗lgan;
8.Tarkibida flavon glikozidlar bo‗lgan va boshqalar.
YUkorida keltirilgan glikozidlardan tashqari oshlovchi moddalardan katta bir guruxi
(gidrolizlanuvchi oshlovchi moddalar), qisman kumarinlar (kumarin glikozidlar) va boshka birikmalar
xam glikozidlarga kiradi.
Tarkibida tioglikozidlar bo‗lgan dorivor o‗simliklar
Aglikoni tarkibida oltingugurt bo‗lgan glikozidlar tioglikozidlar (S-glikozidlar) deb ataladi. Bu
glikozidlardagi qand molekulasi aglikon qismi bilan oltingugurt atomi orqali birlashgan.
Tioglikozidlarning ferment ta‘sirida parchalanishidan xosil bo‗lgan aglikon qismi efir moylari
xossasiga o‗xshash xossaga ega (uchuvchan va suv bu\i bilan xaydaladi). SHuning uchun bu
glikozidlarning ba‘zi aglikonlari efir moyi deb yuritiladi.
Tioglikozidlar achchiq bo‗lib, organizmning shilliq qavatlariga va teriga qitiqlovchi ta‘sir
ko‗rsatadi (terini qizdiradi yoki kuydiradi). Oz mikdorda iste‘mol qilinsa, ishtaxa ochadi.
Tioglikozidlar kuchli bakteritsid ta‘sirga ega.
Tioglikozidlar yoki izotiotsianatlar xayvonlarda bo‗qoq kasalligini paydo qilishi mumkin,
degan fikr xam bor.
Tioglikozidlarning turlari ko‗p. Ular asosan, karamdoshlar (butguldoshlar, krestguldoshlar)
rezadoshlar va boshqa oilalar vakillarida uchraydi. Jumladan, karamdoshlar (butguldoshlar) oilasiga
kiradigan o‗simliklar (shol\om, karam, rediska, turp, xren, xantal va boshqa o‗simliklar) da keng
tarqalgan.
Tibbiyotda tioglikozidlar saqlovchi o‗simliklardan xozircha faqat xantal uru\i (uni tarkibida
tioglikozid sinigrin bo‗ladi) ishlatiladi.
Sinigrin mirozin fermenti ta‘sirida glyukoza, kaliy bisulfat va allilizotiatsianatga (xantal efir
moyiga) parchalanadi:
Tarkibida sianogen glikozidlar bo‗lgan dorivor o‗simliklar
Glikozidlar parchalanib sianid kislota ajratsa, ular sianogen yoki nitril glikozidlar deb ataladi.
Sianogen glikozidlar (amigdalin, prunazin, sambunigrin va boshqalar) zaxarli birikma bo‗lib, ularning
ko‗pchiligi ra‘noguldoshlar oilasiga kiradigan o‗simliklarga xosdir. Masalan, achchiq bodom, achchiq
danakli o‗rik, shaftoli, olcha, gilos, olxo‗ri, olma, nok, shumurt (cheremuxa) va boshqa o‗simliklar
uru\i (ma\zi) ning achchiq mazali bo‗lishi, ular tarkibida sianogen glikozidlar borligiga bo\liq.
Sianogen glikozidlarning parchalanishi natijasida xosil bo‗lgan maxsulotlar efir moylarining
fizik xossasiga o‗xshash xossaga ega bo‗ladi.