Yurak glikozidlarini - abitsin, olish texnologiyasi Abitsin olish texnologiyasi Abitsin-izomorf aralashma bo`lib, genuin glikozidlaridan, ya'ni kompleks lanatozidlardan
(digilonid) AVS (lanatozid A; R( R1( N, lanatozid V; R( ON R1( N, lanatozid S; R( N R1(ON)
aralashmasidir. Abitsin asosan kech kuzda angishvonagul o`simligining bir yillik davrida olinadi.
Abitsin oq kristall poroshok bo`lib, suv va efirda umuman, 95 spirtda qiyin, xloroformda juda kam
eriydi. Biologik faolligi 1 g. preparatda 14000-16500 BTB yoki 2700-3000 MTB bo`lishi kerak.
Abitsin 0,00025 g dan tabletka xolida. 0,02% inyektsion eritma holida va 0.05% ichish uchun eritma
holida chiqariladi.
Glikozidlarni 90 % li metanol bilan ekstraktsiyalash Ekstraktorga (soxta tubli 60 ayl.daq. aralashtirgichli. g`ilofli va sovitgichi bo`lgan ekstraktor)
maydalanilmagan angishvonagul barglari solinadi.
Aralashtirgichdagi 90% li metanol azot yordamida yuboriladi va 3 soat davomida xona
haroratida aralashtirgich ishlab turgan holda ekastraktsiya qilinadi. Hosil bo`lgan metanolli ekstrakt
druk filtr orqali yig`gichga yig`iladi va ekstraktsiya qilinadi. Jarayon yana bir marta takrorlanadi
so`ngra ektraktor qobig`iga bug` yuboriladi va chiqindidagi qolgan metanol haydaladi. Haydalgan
metanol yana qayta ekstratsiya uchun ishlatiladi.
Metanolli ektraktni bug`latish. Metanolli ekastrakt inert gaz yordamida yig`gichga yig`iladi, so`ngra rotorli plenkali
bug`latgichga o`tkazilib, metanolli ektratsiya boshlang`ich holatiga nisbatan 1|10 xajm qolguncha
bug`latilib, 180-200 m|s tezlikda haydaladi. R(1-1,5 atm da kub qoldiqqa tuzsiz suv 1:5 nisbatda
qo`shib yana metanol qoldig`i vakuum sirkulyatsion apparatda haydaladi. Solishtirma og`irligi 0,97-
0,98 yuo`lguncha suvli kub qoldiq, nutch filtr orqali filtrlanadi ( mumsimon moddalardan ajratish
uchun). Filtratdagi qoldiq tuzsiz usv bilan yuviladi va keyingi texnologik jarayonga uzatiladi.
Bug`latilgan ekstraktni tozalash .