Qari generativ (G3). Bu yosh holatiga o’tgan o’simliklarni ulardagi gullashning yakunlanishida va mevalashning boshlanishida hamda pishishida ko’rishimiz mumkin.
Postgenerativ (qarilik) davri. Bu davrda o`simlik yoshi ulg’ayishi bilan generativ ko`payish xususiyatini yo`qotadi, vegetativ holati yomonlashgan bo’ladi. Postgenerativ davr 3 ta yosh holatiga ajratib o’rganiladi.
Subsenil (ss) - o’simliklarning ushbu yosh holati tuplarning reproduktiv imkoniyatlari kamayishi bilan xarakterlanadi. O’simliklar gullaydi, lekin juda kam yoki umuman meva hosil qilmaydi.
Senil (s) - yosh holatiga o’tgan o’simlik tuplari deyarli gullamaydi va umuman meva hosil qilmaydi, shox-shabbalari orasida quriyotgan novdalar soni birmuncha ko’payadi.
Qurigan (x) –Ushbu yosh holatida o’simliklarda qurigan novdalar soni juda ko’payadi