Fitosenologiya


O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar



Yüklə 329,85 Kb.
səhifə147/157
tarix17.05.2022
ölçüsü329,85 Kb.
#58293
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   157
“FITOSENOLOGIYA”

O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar

Fitosenologiya fanini o‘qitishdan maqsad – o‘simlik jamoalari, ularning gorizontal va vertikal strukturasi, ularning tashqi muxit sharoitlariga moslashish qonuniyatlari, yer yuzida tarqalishi, o‘simlik jamoalarining shakllanishi, fitotsenozdagi jarayonlar va boshqa biologik va fitotsenotik xususiyatlari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.

Fitosenologiya fanining vazifalari – talabalarda o‘simlik assotsiatsiyalari, formatsiyalari va tiplarini aniqlay olish usullarini, ekologik omillar va ularning o‘simliklarga va fitotsenozlarga ta’sirini, fitotsenozlar klassifikatsiyasi (sintaksonomiya) prinsiplarini amalda qo‘llay olishni o‘rgatishdan iborat.

“Fitotsenologiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi: bakalavr:

- o‘simlik jamoalari to‘g‘risida umumiy tushunchalarni, flora bilan o‘simliklar qoplami o‘rtasidagi farqlarni, o‘simliklar sistematikasi bilan fitotsenologiya o‘rtasidagi farqlarni, sistematik kategoriyalar bilan sintaksonomik birliklar o‘rtasidagi farqlarni, fitotsenozlarning shakllanish qonuniyatlarini, ularni klassifikatsiyaga solish prinsiplarini va bu sohadagi turli ilmiy maktablarning qarashlarini bilishi kerak.

- talaba o‘simliklarning sistematik o‘rnini – qaysi sistematik birliklarga mansubligini mustaqil aniqlay olish, fitotsenozlarga ilmiy nom berish, dominantlik metodi yoki ekologo-floristik usulda fitotsenozlarni klassifikatsiyaga solish, fitotsenozlardagi yaruslilikni, ulardagi dominant va edifikator turlarni aniqlash; mutaxassislikka oid zamonaviy tadqiqot uslublarini bilish va ulardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

- talaba fitotsenozlarni bir-biridan farqlay olish, geobotanik blankalarni to‘g‘ri to‘ldirish, gerbariylar yig‘ish va ularni to‘g‘ri, sifatli quritish, tajribalar qo‘yish, zamonaviy GIS texnologiyalaridan foydalanish malakalariga ega bo‘lish kerak.


Fitosenologiya” fanidan mashg’ulotlarni mavzular va soatlar bo’yicha taqsimoti.




Yüklə 329,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin