Turlar o’rtasida munosabatlarning guruxlari akademik V. N. Sukachevning klasifikatsiyasiga ko’ra (1956) fitotsenozni tashkil etgan turlar orasidagi munosabatni 3 guruhga birlashtirish mumkin.
1. Kontakt o’zaro munosabatlar. Bunda fitotsenozda ikki yoki undan ortiq tur individlarining bir-biriga qo’shilib o’sishi yoki birining boshqasiga mexanik tarizda ta’sir qilishi tushiniladi.
2.Transabiotik o’zaro munosabatlar. Bunda o’simliklar uyushmasidagi tur komponentlari o’zlarining hayotida yuzaga keladigan oqibatlari bilan yondosh tur individlariga ta’sir qiladi.
3.Transbiotik o’zaro munosabatlar. Bunda jamoadagi turlar bir birlariga bevosita emas, balki uchinchi tur individlari orqali raqobotlashadi.
Geobotanika tizimini, sistematik taksonlarini, birliklarini o’simliklar sistematikasi tizimidan, taksonlaridan, birligidan farqlash lozim. Tip, tsenotip, formatsiya (jamoa), assosiatsiya (qavm) lar geobotanik tizim hisoblansa, bo’lim yoki tip, sinf, ajdod yoki qabila, oila, turkum yoki avlod, tur esa sistematik tizim hisoblanadi. Keyingi boblarimizda bu haqda batafsil to’xtalamiz.
Dostları ilə paylaş: |