Xisoblash usullari haqida umumiy maʼlumotlar reja

Yüklə 25,75 Kb.
tarix21.10.2022
ölçüsü25,75 Kb.
#65706
6-маъруза

6–MAVZU: XISOBLASH USULLARI HAQIDA UMUMIY MAʼLUMOTLAR
REJA:

  1. Chegaraviy holatlar guruxlari. Elementlar oʼlchamlarini aniqlash - konstruktsiyani loyihalash masalasi.

  2. Berilgan yukni mavjud konstruktsiyadan oʼtkazish mumkinligini aniqlash.

  3. Inshoot shakli va uning holati ustivorligining umumiy yoʼqolishi, elastik, bikr, material charchash yoki boshqa xarakterdagi buzilishlar.

  4. Materiallarning normativ va hisobiy qarshiliklari.Tosh va beton koʼpriklar konstruktsiyalari va turlari.

Tayanch soʼzlar va iboralar: chegaraviy holatlar, koʼtarish qobiliyati, ekspluatatsiyaga yaroqlik, mustahkamlik, deformatsiya, normativ yuklar, hisobiy yuklar, materiallarning normativ va hisobiy qarshiliklari.
Chegaraviy holatlar guruxlari. Muhandis-koʼprikchi tomonidan hisoblash ishlarini bajarish ushbu masalalarni yechish davrida lozim boʼladi:
a) belgilangan yukni oʼtkazish qobiliyatiga ega boʼlgan konstruktsiya loyihalanayotganda elementlar oʼlchamlarini aniqlash - konstruktsiyani loyihalash masalasi;
b) berilgan yukni mavjud konstruktsiyadan oʼtkazish mumkinligini aniqlash - konstruktsiya elementlari mustahkamligini tekshirish masalalasi;
v) mavjud kostruktsiyaga berilgan sxema boʼyicha maksimal yuklanishi mumkin boʼlgan yuk qiymatini aniqlash-konstruktsiyaning koʼtarish qobiliyatini aniqlash masalasi.
Konstruktsiya ekspluatatsiya sharoitida qoʼyiladigan talablarga javob bera olmay qolgan holatga chegaraviy holat deb ataladi. Chegaraviy holatlar ikki guruxga ajratiladi:
birinchisi - koʼtarish qobiliyati yoki foydalanishga yaroqsizligi boʼyicha;
ikkinchisi - normal foydalanishga yaroqsizligi boʼyicha.
Birinchi guruh chegaraviy holatiga ushbular kiritilgan: inshoot shakli ustivorligining umumiy yoʼqolishi, uning holati ustivorligining yoʼqolishi; elastik, bikr, material charchash yoki boshqa xarakterdagi buzilishlar; kuch faktorlari va tashqi muhitning birgalikdagi taʼsiridan buzilishi; ekspluatatsiya qilishga yoʼl qoʼymaydigan darajadagi rezonans tebranishlar.
Ikkinchi guruh chegaraviy holatiga konstruktsiyadan normal foydalanishni qiyinlashtiradigan darajadagi koʼchishlar (egilish, choʼkish, burchak burilishlar), tebranishlar, yoriqlar kiritilgan.
Loyihalashga topshiriqda koʼzda tutilgan sharoitlarga koʼra navbatdan tashqari taʼmirlashsiz va hech qanday cheklovsiz inshootdan foydalanish, normal foydalanish deb hisoblanadi.
Konstruktsiya hisobi yuqorida qayd etilgan chegara holatlardan hech biri sodir boʼlmasligini taʼminlash lozim.
Konstruktsiyaning ixtiyoriy elementi uchun birinchi chegaraviy holat sodir boʼlmasligi sharti ushbudan iborat:
Nmax  Fmin
yaʼni, elementdagi paydo boʼlishi mumkin boʼlgan maksimal kuchlanish (Nmax), element koʼtarish qobiliyatining minimal qiymatidan katta boʼlmasligi lozim.
Tengsizlikning chap qismi konstruktsiyaga taʼsir etuvchi yuk, hisobiy sxema va konstruktsiya oʼlchamlariga bogʼlik, oʼng qismi esa material mustahkamligi, konstruktsiya elementi koʼndalang kesimi shakli va geometrik oʼlchamlariga bogʼliq.
Konstruktsiyaga taʼsir etuvchi yuklar, konstruktsiya materialining mustahkamligi xarakteristikalari, konstruktsiya elementining geometrik oʼlchamlari qatʼiyan belgilangan emas va ularga statik oʼzgaruvchanlik xos.
Normativ doimiy yuklar konstruktsiyaning loyiha oʼlchamlari va material hajm ogʼirligining oʼrtacha qiymatlari boʼyicha qabul qilinadi. Xaqiqatdagi doimiy va vaqtincha yuklar, qabul qilingan normativ yuklardan oʼzgacha boʼlishi mumkin. Hisobiy yuklar R, normativ yuklar Pn ni yuk boʼyicha ehtiyotlik koeffitsienti f ga koʼpaytirish bilan aniqlanadi.
R=Rn  f
Koʼpriklarni hisoblashda yuk boʼyicha ehtiyotlik koeffitsienti f QMQ boʼyicha belgilanadi.
Materiallarning normativ va hisobiy qarshiliklari. Materiallarning mexanik xususiyatlari ham statik oʼzgaruvchandir. Kuchlar taʼsiriga materiallar qarshiligining asosiy xarakteristikasi ularning normativ qarshiliklari Rn boʼlib, loyihalash meʼyorlari yordamida belgilanadi.
Normativ qarshilik qiymati standartlari boʼyicha belgilanadigan kontrol yoki brak xarakteristikalariga teng boʼlishi mumkin.
Materiallarning hisobiy qarshiligi R kuchlanganlik holatining xar bir turi uchun mos ravishda normativ qarshiligi Rn ni material boʼyicha ehtiyotlik koeffitsientiga m  1 ga boʼlish bilan aniqlanadi;
R = Rn  m
Material boʼyicha ehtiyotlik koeffitsienti material mustahkamligi, elementlarning real oʼlchamlari standart oʼlchamlardan farqi borligi sababli, kamayishini xisobga oladi.

Nazorat savollari:
1.Koʼpriklarni loyihalashda qanday yuklar va taʼsirlar xisobga olinadi?
2.Hisoblash vaqtida yuklarning qanday birlashuvlaridan foydalaniladi?
3. Qanday hollarda hisoblash vaqtida АK yuki inobatga olinadi?
4. Koʼpriklar qanday maxsus yuklarga tekshiriladi?
5. Koʼpriklar qanday chegaraviy holatlar boʼyicha tekshiriladi?
6.Chegaraviy holatlar boʼyicha konstruktsiyalarni hisoblash vaqtida qanday tengsizliklardan foydalaniladi?
7.Koʼpriklarni hisoblash vaqtida materiallarning hisobiy qarshiliklarini aniqlash usullari qanday?
Yüklə 25,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin