Pregenerativ davri. Bu davrda o`simlik nihol, yosh o`simlik va voyaga yetgan holatlarda kuzatilib, nihollar yosh o`simliklardan urug’palla barglarining bo`lishi, qator miqdoriy va sifat belgilari bilan farqlanadilar. Bu davr maysa, yuvenil, immatur va virginil yosh holatlarini o’z ichiga oladi.
1.Maysa (p) –bu yosh holatidagi o’simlik yer yuzasiga unib chiqadi, ikki yoqlama o’ziqlanish xususiyatiga ega bo’ladi. O’simlikning gipokotil qismi, ko’rinib turadi hamda urug’pallabargi mavjud bo’ladi. Ildiz sistemasida asosan o’q ildiz va bir necha kam sondagi birinchi darajali ildizlar shakllangan bo’ladi.