2.Yuvenil (j) – yuvenil yoshdagi o’simliklarning pallabargi va bir necha chinbargi bo’ladi. Bu yoshga o’tgan o’simliklarda urug’pallabargdagi endospermdan oziqlanish to’xtaydi va fotosintez natijasida o’ziqlanishga o’tadi. Ildiz qismi o’q ildiz va ko’plab birinchi darajali ildizlardan tashkil topadi. Lolasimonlar sinfi vakillarining ildizidagi o’q ildiz asta-sekinlik bilan o’z faoliyatini to’xtatadi.
3.Immatur (im) –bu yosh holatida o’simlik gurkirab rivojlangan, yani kuchli miqdoriy o’zgarishlarga va ko’plab chinbarglarga ega bo’ladi, ko’p xollarda bunday yosh holatidagi tuplarda urug’pallabargi tushib ketgan, lekin hali o’simlik shoxlanmagan bo’ladi. Ildizlarida birlamchi va ikilamchi ildizchalar shakllangan bo’ladi.