4.Virginil (v) – bu yosh holatidagi o’simlik ko’plab shox-shabbalarga ega, vegetativ holati yaxshi bo’ladi. Bo’yi ancha o’sgan, lekin hali g’unchalamagan bo’ladi Ildiz sistemasi kuchli taraqqiy etgan, yani, tuproqqa chuqur kirib borgan, keng tarvaqaylagan holatga ega bo’ladi.
Generativ davr. Bu o`simlik hayotida sporalar yoki urug’lar bilan ko`payishning boshlanishi bilan xarakterlanadi.Daraxt va butalarda, ko’p yilliklarda g’unchalash bilan birga ushbu davrga o’tiladi. Bu davr ham 3 ta yosh holatini o’z ichiga oladi:
Yosh generativ ( G1) – ushbu yosh holatidagi o’simliklarda dastlabki generativ o’rganlar yuzaga chiqadi. G’unchalash va dastlabki gullashning boshlanishi ushbu yosh holatining asosiy morfologik belgisi hisoblanadi.
Yetuk generativ (G2) – ushbu yosh holatidagi o’simliklar yoppasiga gullash holatida bo’ladi. Daraxtsimonlarda bir necha o’nlab yillarga, ko’p yillik o’tsimonlarda bu davr bir necha yilga teng bo’ladi. Bir yilliklarda bir necha hafta davom etadi. O’simliklarning reproduktiv imkoniyatlari eng yuqori darajaga yetadi.