Fitosenologiya


To’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita munosabatlar



Yüklə 329,85 Kb.
səhifə87/157
tarix17.05.2022
ölçüsü329,85 Kb.
#58293
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   157
“FITOSENOLOGIYA”

2.To’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita munosabatlar. Bunga parazitik, simbiotik, fiziologik, bioximiyaviy, mexanik, epifitlik munosabatlar misol bo’la oladi.

Parazit organizmlar, parazitik munosabatlar to’g’risida botanika fanidan yetarli ma’lumotga egamiz. Parazit tur ikkinchi tur o’simlikka zararli ta’sir ko’rsatadi. Bularga zarpechak (Cuscuta approximate. Robingt), shumg’iya(Orobanche), devpechak (Cuscuta lehmanniana. Bdl) kabi turlar kiradi. Shu bilan birga chala parazit turlar ham mavjud bo’lib, deyarli barcha yashil o’simliklardan to’liq bo’lmasdan ikkilamchi oziq manbai sifatida foydalanadi. Tuban o’simliklardan bo’lgan zamburug’lar yuqori o’simliklarga parazitlik qilib hayot kechiradi.



O’simliklar olamida o’zaro birikib yashovchi turlar ham borki, bular bir-biriga zarar yetkazmasdan o’zaro hamkorlikda yashaydi. Bunday organizmlarni s i m b i o z organizmlar deyiladi. Misol uchun zamburug’lar, suv o’tlari va lishaynik bilan, tuganak bakteriyalar dukkakli o’simliklar-mosh (Rhaseolus aureus Poxb), nyxat (Cicer arietinura I yoki Pisum sativum L), beda (Medicado sativa L.) kabi turlarning ildizida yashaydi. Bunday hodisani m u t a l i z m ham deyiladi.


Yüklə 329,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin