Mexanik munosabatlar O’simliklar qoplamida bir turning boshqa turlarga mexanik ta’sir etuvchi munosabatlari ham mavjud. Jamoadagi har bir tur o’ziga yaqin turgan boshqa turga yer osti organlari va yer usti organlari bilan ham katta mexanik ta’sir ko’rsatadi. Natijada jamoadagi turlararo va tur ichida yashayotgan joyning tuproq namligi, unumdorlik darajasiga, yorug’likka, issikdikka nisbatan kuchli raqobat bo’ladi. Jamoadagi turlar ichida e p i f i t l i k munosabatlar ko’plab uchrab bunday hol o’rmon o’simliklarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Bir turga mansub o’simlik ikkinchi bir tur o’simlikka, ayniqsa yirik o’rmon daraxtlar ustida boshqa tur o’simlik o’sadi. Bunda bir tur ikkinchisiga parazitlik qilmaydi, faqat substrat sifatida foydalanadi. Yirik, ko’p yillik yong’oqzorlardagi yong’oqlarning ozgina yoriqlarga chang zarrachalarining tushishi, shamol va qushlar yordamida boshqa turdagi o’simliklarning urug’i tushadi, natijada shu yerda ildiz chiqarib rivojlanishiga imkon yaratadi.