O‘simliklarning jamoadagi o‘zaro munosabatlari
To’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita munosabatlar
O’simliklar orasidagi bilvosita munosabatlar.
Turlar o’rtasida munosabatlarning guruxlari
O’simliklarda allelopatiya
Tayanch so’z va iboralar: o’zaro munosabat, bevosita, bilvositaa, fiziologik, biokimyoviy, mexanik, allelopatiya, parazitlik, epifitlik, raqobat, transabiotik, transbiotik, kontakt
1. Jamoadagi o’simlik turlari bilan muhit o’rtasida doimiy ravishda bo’lib turadigan munosabatlar juda muhim va murakkab jarayondir. Buni bir muncha to’g’ri tushunish uchun jamoaning tarixiy taraqqiyoti va evolyutsiyasini bilish kerak bo’ladi. Malumki, jamoa tasodifan turlardan tashkil topmaydi. Balki asrlar bo’yi, ba’zan minglab yillar davomida shu yerga, shu muhitga moslashgan va ma’lum bir jamoaga birlashgandir. Shuning natijasida yer sharining har bir mintaqasida o’ziga xos jamoalar tashkil topib, ular bir-birlaridan keskin farq qiladi. Har bir jamoadagi turlar tarkibi jamoa florasining har xil bo’lishida tuproq, ikdim, relef omillari bilan birga turlarning kelib chiqish tarixi ham asosiy rol o’ynaydi. Shunday bo’lsada jamoadagi turlar doimiy ravishda o’zgarib turadi. Ayniqsa, bunday hol mavsumiy o’zgarishda yaqqol ko’zga tashlanadi. O’t o’simliklar qoplami va zich o’rmonzorlarda buni kuzatish mumkin. Cho’l mintaqasida erta bahorda, ba’zi bir efemer o’simliklar gullasa, yoz boshlarida boshqa turga mansub o’simliklar gullaydi.
Jamoadagi e f e m e r turlar deganda qisqa vegetatsiya davriga ega bo’lgan bahorning dastlabki kunlarida yerga nam tugashi bilan gullaydigan har yili urug’dan unib chiquvchi bir yillik o’simlik turlarini tushunamiz. Efermer turlarga jag’-jag (Capsella bursa-pastoris (L) Medik), chitir- (Chorispora tenella (Pall) DC), qizgaldoq (Roemera refracta DC), shotara(Fumaria vaillantii), ismaloq (Spinasia turkestanica L.) kabi O’rta Osiyo florasidagi 400 ga yaqin turlar kiradi. Bundan tashqari jamoada efemeroid turlar ham mavjud bo’ladi.
Jamoadagi e f e m e r o i d turlar deganda, qisqa vegetatsiya davrida ega bo’lgan ko’p yillik turlar misol bo’ladi. Iloq (Carex sp), xilol (Cyperus longus L), rang (Carex sp), qo’ng’irbosh (Poa bulbosa L.), lola (Tulipa greygii Regel), chuchmoma (Ixiolirion tataricum.(Pall) Herb), boychechak (Colchicum luteum. Baker), sapsargul (Iris L.), navruzgullar (Primula Fedtschenkoa Regel) misol bo’ladi.
Tog’ mintaqasida erta bahorda boychechak (Co1chicum luteum Baker), lola (Tu1ipa greygii Regel), sarvinjon (Co1chicum kesselringii Rgl), isfapak (Delphnium semibarbatum) kabi turlar gullasa, yoz o’rtalarida obruq (xapri, qisroq) (Perovskia scrophulariafolia Bge), yalpiz (Mentha asiatica Boriss), tog’ rayhon (Organum tyttharithum.Contsch), kiyiko’t (Ziziphora pedicullata Paziy) singari turlar gullaydi. Jamoada mavsumiy o’zgarishga nisbatan turlar almashinishi ancha sekin boradi. Bunday hol qum ko’chishi, daryo o’zanlarining o’zgarishi, yerlarning sho’rlanishi natijasida ro’y beradi. Qumli yerlarda dastlab qirqbo’g’im (Equisetum arvense L) o’sib chiqadi. Bunday yerlarda o’simiklar qoplami siyrak bo’ladi. Ma’lum vaqt o’tgach boshqa turlar, bug’doyiq (Agropyron repens L), qo’ng’irbosh (Poa bulbosa L.) kabi turlar bilan birga ancha zich bo’lgan aralash jamoa hosil bo’ladi. Jamoadagi har bir tur o’z naslini saqlab qolish uchun doimiy ravishda kurashib yashaydi va turli xil moslanishlarga ega bo’ladi. Shunday turlar borki ituzum (Solanum nigrum L.), sho’ra (Chenopodium), shumg’iya (Orobanche aegyptiaca Pers), qurtana (Sisymbrium loeselii L) kabilar juda ko’plab urug’ va meva hosil qiladi. Bunday turlar natijada har qanday sharoitda yashab qolishga moslashgan va yer yuzasida keng tarqalgan. Pupak zamburug’i esa juda ko’plab sporalar hosil qilsa, ajiriqqa o’xshash turlar vegetativ ko’payishga moslashgan. Jamoadagi bunday turlarning ko’pchiligi kosmopolit turlar deb ataladi. K o s m o p o l i t turlar deganda yer yuzasining deyarli hamma joyida uchraydigan va har qanday sharoitda yashaydigan ajpiq (Cynodon dactylon (L) Persj), jag’-jag (Capsella bursa-pastoris (L) Medik), chitir (Chorispora tenilla (Pall) DC) sho’ra kabi turlarni tushunamiz.
Muayyan bir jamoadagi ko’plab turga mansub o’simliklar orasida doimiy ravishda turli xil oziq moddalar, yorug’lik, suv va qulay muhit uchun kurash jarayoni bo’ladi. Bunda «g’olib» turlar tez o’sib yaxshi rivojlanadi. Bunday jarayon tabiatdagi hamma fitotsenozlarda mavjud bo’ladi. Jamoadagi turlarning bir-biriga ko’rsatgan ta’siri doimiy ravishda zarar keltirmasdan.ba’zan bir-biriga ijobiy ta’sir ham qiladi. Shuning uchun o’simliklar qoplamidagi turlarning o’zaro munosabatlarini «raqobat», «o’zaro yordamlashish», «yashash uchun kurash» terminlari bilan ataladi. Masalan o’rmon mintaqasidagi daraxtzorlar tagida soya hamisha mavjud bo’lganligi uchun ham xina (Impatiens balzamina K) , binafsha (Viola) kabi turlar yaxshi o’sib rivojlanadi. Ko’pgina turlar soya sharoitda yomon o’sadi va yomon rivojlanadi.
O’simliklar jamoasida turlarning o’zaro munosabatlarini botaniklar bir qancha tizimga bo’ladilar. Geobotanik olimlardan V. N. Sukachev (1950), A. A. Korchagin (1956) tizimlari bir xil ko’rinishda ifoda etilgan.
Dostları ilə paylaş: |