Fitosenologiya


O’simliklar orasidagi bilvosita munosabatlar



Yüklə 329,85 Kb.
səhifə91/157
tarix17.05.2022
ölçüsü329,85 Kb.
#58293
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   157
“FITOSENOLOGIYA”

3.O’simliklar orasidagi bilvosita munosabatlar. O’simliklar qoplamidagi bilvosita munosabatlarga muhit hosil qilish va raqobat kirib bu barcha fitotsenozlarda doimiy mavjud bo’ladi. Bunday muhitni tog’ o’rmonlarida, zax muhitdagi fitotsenozlarda yaqqol ko’rish mumkin. Baland daraxtli qalin o’rmonlarda butalar, moxlar, o’ziga xos muhit tashkil qiladi. Asosan tog’ning o’ziga xos fito muhiti bo’lib bu botqoq, cho’l, o’tloq muhitidan tubdan farq qiladi. Fitotsenozdagi har bir tur o’ziga xos ekologik xususiyatga ega bo’lib, bu turlar o’rtasida har xil munosabatlar yuzaga keladi. Fitotsenozdagi turlar o’rtasida raqobat muhitni tashkil etishda to’liq namoyon bo’ladi. O’rmondagi yirik daraxtlar shu yerda o’suvchi butalarga ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga daraxtlardan to’kilgan barglar tuproqning tarkibiga ham ta’sir ko’rsatadi. Fitotsenozdagi buta va o’t o’simliklar, mikroorganizmlar ham tuproqning tarkibiga hamda muhitga o’ziga xos ta’sir qiladi. Barqaror jamoadagi turlar doimiy ravishda bir-birlari bilan kuchsiz raqobat qiladi. Agar jamoada yangi turlar ko’p bo’lsa bu yerda raqobat kuchli bo’ladi. Umuman jamoada raqobat, muhit tashkil etishga nisbatan ancha murakkabdir. Raqobat turlar aro va tur ichida bo’ladi. Turlararo raqobat jamoaning barqarorligiga va turlar miqdoriga bog’liq holda yuzaga keladi. Qisqa muddat davom etadigan jamoalarda bir turga mansub individlar o’rtasida juda kuchli raqobat namoyon bo’ladi. Ekologik xususiyatlarni namoyon etishda fitotsenozdagi har bir tur o’ziga xos o’rin tutadi.


Yüklə 329,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin