www.arxiv.uz
Fitotsenozning tuzilishi
Reja:
Fitotsenozning turlar tarkibi
Fitotsenozdagi turlar orasidagi
O’zaro munosabatlar
Turlar orasida miqdor va sifat munosabatlari
O’simliklar jamoasining qavatliligi
O’simliklarning hayotiy shakllar bo’yicha xilma-xilligi.
Fitotsenoz grekcha so’zdan olingan bo’lib, fiton o’simlik, kainos-umumiy degan manoni bildirib o’simliklar qavmi, birlashib yashovchi o’simliklarninp tabiiy guruhidir. U o’ziga xos turlari, strukturasi, ekologik muhiti bilan Harakterlanadi yoki ayrim sharoitda bir to’da o’simliklar yoki bir qancha turlarga oid o’simliklarning qavm bo’lib yashashidir.
1904 yilda geobotanik olim G. F. Morozov birinchi bo’lib o’rmon o’simliklarining qavm bo’lib yashashini aniqlagan. Undan keyin 1908 yilda akademik V. N .Sukachev tomonidan fitotsenozdagi barcha turlarning qavmi o’rganiladi. 1915 yilda I. K. Pachoskiy faqat bitta o’simlik hukmron bo’lib o’sadigan dalalarga qo’llasa, 1917 yilda Sukachev esa hamma o’simliklarga qo’llaydi. 1918 yilda Sukachev nazariyasi G. Gams tomonidan qo’llab quvvatlanadi. Sukachev tomonidan 1956 yilda fitotsenozga birinchi bo’lib to’gri ta’rif berildi. «Fitotsenoz yoki o’simliklar jamoasi, ma’lum hududda o’sadigan o’simliklarning har birining Harakterli xususiyatlarini; o’simliklarning bo’y balandligini, tarqalishini, hayotiy holatini, vegetatsiyasini, gullash va urug’lashini, qovrashini, o’simliklarning bir-biriga ta’sirini, o’sadigan joyini, iqlim va tuprog’ini, inson va hayvon ta’siri kabi ekologik omillar majmualarini o’z ichiga oladi» deb tarifladi. Fitotsenozdagi o’simliklarning majmuasi bu tasodifiy emas, undagi o’simliklar konkret tarixiy taraqqiyot natijasida yig’ilgan uyushma – qavm hisoblanib, unga tuban va yuksak o’simliklar kiradi. Ular ekologiyasining har xilligi bilan ajralib turadi. Har bir fitotsenozning o’ziga xos bo’lgan muhim belgilari mavjuddir. Ya’ni har bir fitotsenoz boshqasidan turlar tarkibi, turlar orasidagi miqdor va sifat munosabatlari, qavatlilik-pogonalik, mo’llik, hayotiy shakli, gorizontal tuzilishi kabi belgilari bilan farq qiladi. Odatda fitotsenozlarning tuzilishini o’rganishda quyidagi belgilarni hisobga olish lozim.
1) ftotsenozning floraviy tarkibi; 2) fitotsenozni tashkil etuvchi turlar soni, ularning umumiy massasi, turlar orasidagi miqdoriy nisbatlar; 3) har bir individlarning holati (ahvoli); 4) fitotsenozda turlarning vertikal va gorizantal taqsimlanishi hamda shu asosda strukturaviy qismlarga bo’linishi.
Har bir fitotsenozning komponentlari makonda vertikal taqsimlanish (yaruslilik) va gorizantal taqsimlanish (o’rnashish, joylashish) xusisiyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: |