FITOTSENOZDAGI TURLAR ORASIDAGI O’ZARO MUNOSABATLAR Jamoadagi o’simlik turlari bilan muhit o’rtasida doimiy ravishda bo’lib turadigan munosabatlar juda muhim va murakkab jarayondir. Buni bir muncha to’g’ri tushunish uchun jamoaning tarixiy taraqqiyoti va evolyutsiyasini bilish kerak bo’ladi. Malumki, jamoa tasodifan turlardan tashkil topmaydi. Balki asrlar bo’yi, ba’zan minglab yillar davomida shu yerga, shu muhitga moslashgan va ma’lum bir jamoaga birlashgandir. Shuning natijasida yer sharining har bir mintaqasida o’ziga xos jamoalar tashkil topib, ular bir-birlaridan keskin farq qiladi. Har bir jamoadagi turlar tarkibi jamoa florasining har xil bo’lishida tuproq, ikdim, relef omillari bilan birga turlarning kelib chiqish tarixi ham asosiy rol o’ynaydi. Shunday bo’lsada jamoadagi turlar doimiy ravishda o’zgarib turadi. Ayniqsa, bunday hol mavsumiy o’zgarishda yaqqol ko’zga tashlanadi. O’t o’simliklar qoplami va zich o’rmonzorlarda buni kuzatish mumkin. Cho’l mintaqasida erta bahorda, ba’zi bir efemer o’simliklar gullasa, yoz boshlarida boshqa turga mansub o’simliklar gullaydi.
Jamoadagi e f ye r m ye r turlar deganda qisqa vegetatsiya davriga ega bo’lgan bahorning dastlabki kunlarida yerga nam tugashi bilan gullaydigan har yili urug’dan unib chiquvchi bir yillik o’simlik turlarini tushunamiz. Efermer turlarga jag’-jag- Capsella bursapastoris (L) Medir, chitir- Chorispora tenella (Pall) DC), qizgaldoq- Roemera refracta DC), shotora- Fumaria vaillantii. Joisl, achitqi, ismaloq Spinata turkestanica L kabi O’rta Osiyo florasidagi 400 ga yaqin turlar kiradi. Bundan tashqari jamoada efemeroid turlar ham mavjud bo’ladi.
Jamoadagi e f e m ye r o i d turlar deganda, qisqa vegetatsiya davrida ega bo’lgan ko’p yillik turlar misol bo’ladi. Iloq (Carex sp) xlol (Cyperus longus L) rang (Carex sp), qo’ng’irbosh (Roa bulbosa L.), lola (Tulipa griegii, Rde), chuchmoma (Ixiolirion tataricum.(Pall) Herb), boychechak (Saslsium luteum. Baker), sapsargul (Iris L.), navruzgullar (Rrimula Fedtschenkol Rgl) misol bo’ladi.
Tog’ mintaqasida erta bahorda boychechak (So1sh1sim luteu. Baker), lola (Ti1ira griegii Rdl), sarvinjon (So1sinhusim kesselringii Rgl), icnapak (Delphnium semibarbatum) kabi turlar gullasa, yoz o’rtalarida obruq (xapri, qisroq) (Perovskia scrophulariafolia Bge), yalpiz (Mentha asiatica Boriss), tog’ rayhon (Organum tyttharithum.Contsch), kiyiko’t (Ziziphora pedicullata Pazis) singari turlar gullaydi. Jamoada .mavsumiy o’zgarishga nisbatan turlar almashinishi ancha sekin boradi. Bunday hol qum ko’chishi, daryo o’zanlarining o’zgarishi, yerlarning sho’rlanishi natijasida ro’y beradi. Qumli yerlarda dastlab qirqbo’g’im (Eguisetum arvense L) o’sib chiqadi. Bunday yerlarda o’simiklar qoplami siyrak bo’ladi. Ma’lum vaqt o’tgach boshqa turlar, bug’doyiq (Adgorutop repens L), qo’ng’irbosh (Roa bulbosa L.) kabi turlar bilan birga ancha zich bo’lgan aralash jamoa hosil bo’ladi. Jamoadagi har bir tur o’z naslini saqlab qolish uchun doimiy ravishda kurashib yashaydi va turli xil moslanishlarga ega bo’ladi. Shunday turlar borki ituzum (Solatium nidrum L.), sho’ra (Chenapadium), shumg’iya (Orobanche aegyptiaca Pers), qurtana (Sisymbrium loeselii L) kabilar juda ko’plab urug’ va meva hosil qiladi. Bunday turlar natijada har qanday sharoitda yashab qolishga moslashgan va yer yuzasida keng tarqalgan. Pupak zamburug’i esa juda ko’plab sporalar hosil qilsa, ajiriqqa o’xshash turlar vegetativ ko’payishga moslashgan. Jamoadagi bunday turlarning ko’pchiligi kosmopolit turlar deb ataladi. K o s m o p o l i t turlar deganda yer yuzasining deyarli hamma joyida uchraydigan va har qanday sharoitda yashaydigan ajpiq (CyIlodon dactylon (L) Persj), jag’-jag (Capsella bursapastoris (L) Medik), chitir (Chorispora tenilla (Pall) DC) sho’ra kabi turlarni tushunamiz.
Muayyan bir jamoadagi ko’plab turga mansub o’simliklar orasida doimiy ravishda turli xil oziq moddalar, yorug’lik, suv va qulay muhit uchun kurash jarayoni bo’ladi. Bunda «g’ o l i b» turlar tez o’sib yaxshi rivojlanadi. Bunday jarayon tabiatdagi hamma fitotsenozlarda mavjud bo’ladi. Jamoadagi turlarning bir-biriga ko’rsatgan ta’siri doimiy ravishda zarar keltirmasdan.ba’zan bir-biriga ijobiy ta’sir ham qiladi. Shuning uchun o’simliklar qoplamidagi turlarning o’zaro munosabatlarini «raqobat», «o’zaro yordamlashish», «yashash uchun kurash» terminlari bilan ataladi.
Masalan o’rmon mintaqasidagi daraxtzorlar tagida soya hamisha mavjud bo’lganligi uchun ham xina (Impatiens balzamina K) , binafsha (Viola) kabi turlar yaxshi o’sib rivojlanadi. Ko’pgina turlar soya sharoitda yomon o’sadi va yomon rivojlanadi.
O’simliklar jamoasida turlarning o’zaro munosabatlarini botaniklar bir qancha tizimga bo’ladilar. Geobotanik olimlardan V. N. Sukachev (1950), A. A. Korchagin (1956) tizimlari bir xil ko’rinishda ifoda etilgan.
To’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita munosabatlar. Bunga parazitik, simbiotik, fiziologik, bioximiyaviy, mexanik, epifitlik muiosabatlar misol bo’la oladi.
Parazit organizmlar, parazitik munosabatlar to’g’risida botanika fanidan yetarli ma’lumotga egamiz. Parazit tur ikkinchi tur o’simlikka zararli ta’sir ko’rsatadi. Bularga zarpechak (Cuscuta approximate. Robingt), shumg’iya( , devpechak (Sissi1a lehmanniana. Bdl) kabi turlar kiradi. Shu bilan birga chala parazit turlar ham mavjud bo’lib, deyarli barcha yashil o’simliklardan to’liq bo’lmasdan ikkilamchi oziq manbai sifatida foydalanadi. Tuban o’simliklardan bo’lgan zamburug’lar yuqori o’simliklarga parazitlik qilib hayot kechiradi.
O’simliklar olamida o’zaro birikib yashovchi turlar ham borki, bular bir-biriga zarar yetkazmasdan o’zaro hamkorlikda yashaydi. Bunday organizmlarni s i m b i o z organizmlar deyiladi. Misol uchun zamburug’lar, suv o’tlari va lishaynik bilan, tuganak bakteriyalar dukkakli o’simliklar-mosh (Rhaseolus aureus Poxb), nyxat (Cicer arietinura I yoki Pisum sativum L), beda (Medicado sativa L.) kabi turlarning ildizida yashaydi. Bunday hodisani m u t a l i z m ham deyiladi.
Fiziologik munosabatlar. Fiziologik munosabatlar jamoada yashovchi bir necha tur va bir turga mansub individlar orasida ro’y beradi. Jamoadagi bir turga mansub individlarning ildiz sistemasida va yer ustki organlarida turli xil fiziologik jarayonlar amalga oshadi. Sodir bo’ladigan fiziologik jarayonlarga o’simliklar qoplami tarqalgan yerning tuprog’i, iqlimi, relefi kabi bir qancha ekologik omillar ham ta’sir qiladi. Bundan tashqari jamoadagi turlar zichligi ham, o’simliklarning hayotiy shakllari ham muhim rol o’ynaydi. Siz fiziologik munosabatlar haqidagi bilimlarni o’simliklar fiziologiyasi fanidan mukammal o’rganib chiqasiz.
Bioximiyaviy munosabatlar. Bioximiyaviy munosabatlar jamoada o’sadigan har bir turda ro’y berib, o’simlikning har xil organlarida oziqlanish miqdori va turiga, quyosh energiyasiga, yoruglikning tushishi darajasiga qarab har xil nomayon bo’ladi. Jamoadagi yuksak o’simliklar o’rtasida bioximiyaviy jarayon a l l e l o p a t i ya deb atalib, bu fitotsenozda birga yashovchi o’simliklarning har bir turi o’zidan har xil moddalar ajratib chikarishi bilan bir-biriga ta’sir etishidir. Yuksak o’simlik turlaridan ajralib chiqqan moddalar k o l i n deb atalib, boshqa tur yuksak o’simliklarga u yoki bu darajada ta’sir etadi. Kolinlar o’simliklar ishlab chiqqan fitontsitlardan tubdan farq qiladi. Fitontsitlar mikroorganizmlarga antibiotik sifatida ta’sir ko’rsatadi. Misol archazor o’rmonlardan ajraladigan fitontsitlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Jamoadagi mikroorganizmlar m a r a z m i n l a r nomli moddalar ishlab chiqaradi. Bir turdagi mikroorganizmlar ishlab chiqargan antibiotiklar boshqa turdagi mikroorganizmlarga va yuksak o’simliklarga har xil tasir ko’rsatadi. Shuningdek, jamoada o’sadigan o’simlik turlarining ildiz sistemalari ham har xil moddalar ishlab chiqadi. Misol uchun sirka kislota, chumoli kislota, otquloq kislotasi, qand, aldegidlar, etilen spirti, aminokislotalar, alkoloidlar, vitaminlar kabi moddallar o’simliklar qoplamining bioximiyaviy tarkibini keskin o’zgartiradi. Bu ajralmalar o’simliklarga salbiy hamda ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Misol tariqasida shuni ko’rsatish mumkinki, kartoshka ekilgan maydonning qator oralariga, pomidor ekinining qator oralariga piyoz ekish, bu ekinlarning fitoftora zamburug’i bilan kasallanish darajasini kamaytiradi. Ma’lumki piyoz o’zidan fitontsit moddasi ishlab chiqaradi. Aksincha, uzumzorga yaqin ekilgan karamlarda kasallanish darajasi yuqori bo’ladi. Bunga sabab shuki uzumdan ajralib chiqqan kolin moddasi karamga zarar yetkazadi. Bunday hodisalarni pishib yetilgan mevalarni saqlashda ham kuzatiladi. Masalan uzum va olmani behi bilan birga saqlash turli xil kasalliklarni ketirib chiqaradi va mevalarni chiritadi.
O’simliklar qoplamida bir turning boshqa turlarga mexanik ta’sir etuvchi munosabatlari ham mavjud. Jamoadagi har bir tur o’ziga yaqin turgan boshqa turga yer osti organlari va yer usti organlari bilan ham katta mexanik ta’sir ko’rsatadi. Natijada jamoadagi turlararo va tur ichida yashayotgan joyning tuproq namligi, unumdorlik darajasiga, yorug’likka, issikdikka nisbatan kuchli raqobat bo’ladi. Jamoadagi turlar ichida e p i f i t l i k munosabatlar ko’plab uchrab bunday hol o’rmon o’simliklarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Bir turga mansub o’simlik ikkinchi bir tur o’simlikka, ayniqsa yirik o’rmon daraxtlar ustida boshqa tur o’simlik o’sadi. Bunda bir tur ikkinchisiga parazitlik qilmaydi, faqat substrat sifatida foydalanadi. Yirik, ko’p yillik yong’oqzorlardagi yong’oqlarning ozgina yoriqlarga chang zarrachalarining tushishi, shamol va qushlar yordamida boshqa turdagi o’simliklarning urug’i tushadi, natijada shu yerda ildiz chiqarib rivojlanishiga imkon yaratadi.
O’simliklar orasidagi bilvosita munosabatlar. O’simliklar qoplamidagi bilvosita munosabatlarga muhit hosil qilish va raqobat kirib bu barcha fitotsenozlarda doimiy mavjud bo’ladi. Bunday muhitni tog’ o’rmonlarida, zax muhitdagi fitotsenozlarda yaqqol ko’rish mumkin. Baland daraxtli qalin o’rmonlarda butalar, moxlar, o’ziga xos muhit tashkil qiladi. Asosan tog’ning o’ziga xos fito muhiti bo’lib bu botqoq, cho’l, o’tloq muhitidan tubdan farq qiladi. Fitotsenozdagi har bir tur o’ziga xos ekologik xususiyatga ega bo’lib, bu turlar o’rtasida har xil munosabatlar yuzaga keladi. Fitotsenozdagi turlar o’rtasida raqobat muhitni tashkil etishda to’liq namoyon bo’ladi. O’rmondagi yirik daraxtlar shu yerda o’suvchi butalarga ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga daraxtlardan to’kilgan barglar tuproqning tarkibiga ham ta’sir ko’rsatadi. Fitotsenozdagi buta va o’t o’simliklar, mikroorganizmlar ham tuproqning tarkibiga hamda muhitga o’ziga xos ta’sir qiladi. Barqaror jamoadagi turlar doimiy ravishda bir-birlari bilan kuchsiz raqobat qiladi. Agar jamoada yangi turlar ko’p bo’lsa bu yerda raqobat kuchli bo’ladi. Umuman jamoada raqobat, muhit tashkil etishga nisbatan ancha murakkabdir. Raqobat turlar aro va tur ichida bo’ladi. Turlararo raqobat jamoaning barqarorligiga va turlar miqdoriga bog’liq holda yuzaga keladi. Qisqa muddat davom etadigan jamoalarda bir turga mansub individlar o’rtasida juda kuchli raqobat namoyon bo’ladi. Ekologik xususiyatlarni namoyon etishda fitotsenozdagi har bir tur o’ziga xos o’rin tutadi.
Akademik V. N. Sukachevning klasifikatsiyasiga ko’ra (1956) fitotsenozni tashkil etgan turlar orasidagi munosabatni 3 guruhga birlashtirish mumkin.
1. Kontakt o’zaro munosabatlar. Bunda fitotsenozda ikki yoki undan ortiq tur individlarining bir-biriga qo’shilib o’sishi yoki birining boshqasiga mexanik tarizda ta’sir qilishi tushiniladi.
2.Transabiotik o’zaro munosabatlar. Bunda o’simliklar uyushmasidagi tur komponentlari o’zlarining hayotida yuzaga keladigan oqibatlari bilan yondosh tur individlariga ta’sir qiladi.
3.Transbiotik o’zaro munosabatlar. Bunda jamoadagi turlar bir birlariga bevosita emas, balki uchinchi tur individlari orqali raqobotlashadi.