Adres sinfi uning birinchi okteti qiymati bilan aniqlanadi. IP adresning qaysi bir qismi tarmoq va qaysi bir qismi tugunga (host) tegishliligini aniqlash uchun IP adreslar klasslarga bo‘lingan.
1.2-rasm. IPv4 adresi sinflarini topishning sodda ko‘rinishi.
Yana shuni ta’kidlash kerakki, avvalo sizning kompyuteringiz 127.0.0.1 adresga ega bo‘ladi (ya’ni, kompyuteringiz tarmoqqa ulanmagan va sizga IP-adres berilmagan holatda).
IP-adres 32-bitli (IPv4) yoki 128-bitli (IPv6) ikkilik raqamidan iborat bo‘ladi. IP-adresni (IPv4) nuqtalar bilan ajratilgan to‘rtta o‘nlik raqamlar bilan yozish qulay, masalan, 192.168.0.1 (yoki 128.10.2.30 - adresning o‘nlik raqamlardagi ko‘rinishi, 10000000 00001010 00000010 00011110 - ikkilik raqamlardagi ko‘rinishi).
IP-adres adreslarning asosiy turi bo‘lib, uning asosida IP protokolining tarmoq sathi paketlarni tarmoq o‘rtasida uzatadi. IP-adres kompyuter va marshrutizatorlami konfiguratsiyalash vaqtida administrator tomonidan belgilanadi.
IP protokolning 6-versiyasi IP tarmoqlarni adreslash tizimiga tub o‘zgarishlarni kiritdi (RFC 2373). Avvalo, bu adres razryadini kengaytirishga taalluqli bo‘ldi.
IPv6 adres 128-bit yoki 16 baytdan iborat. Bu katta miqdordagi tugunlarni raqamlashtirish imkonini beradi:
340 282 366 920 938 463 463 374 607 431 762 211 456 Avvalgi 2 darajali adres ierarxiyasi o‘rniga (tarmoq raqami va tugun raqami) IPv6 da 4 daraja mavjud bo‘lib, ulardan 3 tasi tarmoqlarni identifikatsiya qilishga, bittasi esa tarmoq tugunlarini identifikatsiya qilishda foydalaniladi. Adresdagi ierarxiya darajalari sonining ortishi hisobiga yangi protokol CIDR texnologiyasini muvaffaqiyatli ravishda qo‘llab-quvvatlaydi. Takomillashtirilgan guruhli adreslash tizimi va yangi turdagi adreslami joriy qilish sababli IP ning yangi versiyasi marshrutizatsiya xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Shuningdek, tashqi o‘zgarishlar ham yuz berdi - standart ishlab chiqarnvchilari o‘nlik raqamlar o‘rniga IP-adresni o‘n oltilik raqamlar ko‘rinishida yozishni taklif qildilar. Har bir o‘n oltilik raqamlar bir -biridan ikki nuqtalar bilan ajratiladi. Masalan, IPv6 adres quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin: