«Titrlovchi» (v) kulonometrik analiz mohiyatini vanadil ioni (VO2+) ning vanadilsulfat eritmasi sharoitida oksidlanishi asosida anglab olish mumkin. Bunda: VO2+ + 2H2O → VO-3+ 4H+ + e kuzatiladi. Ana shunday elektrokimyoviy oksidlanish natijasida hosil bo’lgan vanadat (VO3-) ionining miqdori fenilantranil kislotasi (indikator) ishtirokida temir (II)-sulfat (FeSO4) tuzining eritmasi bilan titrlab topiladi. Ta’kidlash joizki, normal sharoitda sarf bo’lgan 96500 Kl elektr toki 1000 ml hajmdagi temir (II)-sulfat tuzining 1 n eritmasiga ekvivalentdir. 1 Kl tokka 0,1 n eritmaning 0,104 ml hajmi to’g’ri keladi. Aynan vanadiy bilan bog’liq tajribalarga mo’ljallangan «titrlovchi» kulonometr qurilmasining sхemasi 9-rasm (v) da ko’rsatilgan. G’ovaksimon tuzilishdagi shisha to’siq (2) bilan ajratilgan idish (1) ning ikkala qismi ham vanadil sulfat tuzining 0,02 n eritmasi bilan to’ldiriladi. Eritmaga tushirilgan platina elektrodlar (3) elektroliz olib boriladigan idish bilan ketma-ket tok manbaiga ulanadi. Elektroliz jarayoni o’tkazilib tugagandan so’ng, qurilmaning anod o’rnashgan qismidagi eritma kran (4) vositasida konussimon kolbaga quyib olinadi va temir (II)-sulfat bilan titrlanadi.