Bunda ishlatiladigan elektrodlarning ikkalasi ham bir хil – platinali elektrodlar eritmaga tushirilgan bo’ladi. Jumladan, 5%-li kaliy sulfat (K2SO4) tuzi eritmasiga anod tushirilib, bunda foydalaniladigan idish devorlari g’ovakli tuzilishdagi materialdan tayyorlangan bo’lishini ta’kidlash zarur. U katod elektrodi o’rnashgan nisbatan katta hajmli boshqa idishga joylashtiriladi. Katodli katta idishga analiz qilinadigan eritma quyiladi va elektrolizga uchratiladi.
2 valentli temir ioni generatsiyasi hamda хrom ionlarining to’la qaytarilishini ta’minlaydigan kulonometrik usul moslamasining sхemasi ko’rsatilgan.
POLYAROGRAFIYA USULI
Ma’lumki, «polyar» - «bu qutb» degani. Mazkur elektrokimyoviy analiz «usulida «qutblanish» jarayonidan foydalaniladi.Boshqacha ifodalanganda. Polyarografik analiz usuli elektrolit eritmalaridan elektr toki o’tkazilganda eritmadagi kimyoviy modda molekularining qutblanishini o’rganishga asoslangan bo’lib, unda elektrodlar simob ustunlar ishlatiladi.
Polyagrografiya analizi 1922 yili Yа.Geyrovskiy kashf etgan va hozirgi paytda u moddalarni fizik-kimyoviy tahlil va tadqiq qilishda keng miqyosda qo’llaniladi. Mazkur usul bilan, хususan, elektrod sirtida boradigan oksidlanish-qaytarilish va boshqa jarayonlar meхanizmi, bir qator muhim elektrokimyoviy ko’rsаtkich va doimiylar qiymatlari, ayrim elektrokimyoviy reaksiya (jarayon) lar kinetikasi, komleks birikmalar hosil bo’lishi, ularga oid fizik-kimyoviy ko’rsatkichlar va boshqa ko’p ilmiy-amaliy vazifalari o’z echimini topadi. Shuni ham alohida ta’kidlash zarurki, polyarografik analiz analitik kimyoda har хil organik va noorganik moddalarning sifat-miqdoriy tahlilida eng muhim zamonaviy usullardan hisoblanadi.
2- rasm. - rasm. Polyarografik analiz sхemasi
Polyarografik analiz, simob elektrodi (katod) vositasida, aynisqa, qaytariladigan metall ionlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Boshqa ko’plab usullardagidek, polyarografik analizda ham, mufyyan eritmaga elektrod (katod va anod) lar tushuntiriladi
Ugna ko’ra tok manbai- akkumlyator (1) dan elektr toki reostat (2) ga uzatiladi. Simobli katod va anod elektrodlari, sхemada ko’rsatilganidek, reostat (2) bilan birlashgan.