Molekulyar fizikadan masalalar yechish namunalari (2)
34. Gazning bosimi 16,6 kPa, zichligi 0,02 kg/m3, molyar massasi 2 g/mol. Gazning temperaturasi necha Kelvin?
A) 2 B) 200 C) 275 D) 473
35. 5 ta bir xil idish quyidagi gazlar bilan to‘ldirilgan: 1) azot; 2) havo; 3) kislorod; 4) geliy; 5) vodorod. Gazlarning massalari va temperaturalari bir xil. Qaysi gazning bosimi eng katta?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 5
36. Temperaturasi 27°C bo‘lgan ballondagi gazning bosimi 40 atm. Ballondagi gazning yarmi chiqarib yuborilganda uning temperaturasi 12°C gacha pasaydi. Ballonda qaror topgan bosimni toping (atm. larda).
A) 20 B) 19 C) 18 D) 17
37. Gaz temperaturasi 4 marta ortganda hajmi 4 marta ortsa gaz bosimi necha marta o’z- gargan?
A) o‘zgarmagan B) 2 marta ortgan
C) 2 marta kamaygan D) 4 marta ortgan
38. Ballondagi 8,31 l hajmli 0,1 mol gazning 27°C temperaturadagi bosimini hisoblang (Pa).
A) 2105 B) 3105 C) 4105 D) 3104 39. Agar 27°C da 6 m3 gaz bosimi 1 N/sm2 bo‘lsa, shu gazning hajmi 2 m3, temperaturasi 47°C bo‘lganda, bosimi qancha bo‘ladi (kPa)?
A) 25 B) 36 C) 20 D) 32
40. Gaz temperaturasi 300 K ga ko‘tarilganda, bosim va hajm 2 martadan ortgan bo‘lsa, uning oxirgi temperaturasini toping (K).
A) 1200 B) 900 C) 600 D) 400
41. Agar ballondan gaz chiqishi natijasida gazning massasi 1,5 marta, temperaturasi 1,4 marta kamaygan bo‘lsa, bosim necha marta pasaygan bo‘ladi?
A) 1,5 marta B) 1,4 marta
C) 2,1 marta D) 2,9 marta
42. Ideal gaz temperaturasi 300 K ga ko‘tarilganda, bosim va hajm 2 martadan ortgan bo‘lsa, uning dastlabki temperaturasini toping (K).
A) 75 B) 100 C) 150 D) 250
43. 5 ta bir xil hajmli idishlar quyidagi gazlar bilan to‘ldirilgan: 1) azot, 2) havo, 3) kislorod, 4) geliy, 5) vodorod. Agar gazlarning massalari va temperaturalari bir xil bo‘lsa, qaysi idishda bosim eng kichik?
A) 1 B) 2 C) 4,5 D) 3
44. 0,8 m3 hajmli gazning 300 K temperaturada bosimi 2,8105 Pa. Shu gaz 3,2105 Pa bosimda 1,4 m3 hajmni egallasa, uning temperaturasi qanchagacha o‘zgargan (K)?
A) 330 B) 600 C) 300 D) 150
45. Teng hajmli havo sharlariga teng miqdorda vodorod, azot va geliy gazlari qamaldi. Qaysi gaz solingan sharning ko‘tarish kuchi eng katta bo‘ladi?
A)azot B)geliy C)vodorod D)bir xil
46. Ikkita bir xil ballonning birida vodorod, ikkinchisida kislorod gazi bor. Gazlarning massalari va temperaturalari bir xil bo‘lganda, qaysi gazning bosimi katta va necha marta katta bo‘ladi?
A) vodorodniki, 16 marta
B) kislorodniki, 16 marta
C) vodorodniki 8 marta
D) kislorodniki, 8 marta
47. Agar ideal gazning hajmi va harorati 1 marta oshirilsa, uning bosimi necha marta o‘zgaradi?
A) uzgarmaydi B) 4 marta ortadi
C) 4 marta kamayadi D) 16 marta ortadi
48. 8,31 l hajmli ballonda 0,3 kg karbonat angidrid bor. Ballon 3106 N/m2 bosimgacha chidaydi. Qanday temperaturada portlash xavfi to‘g‘iladi (°C)? M=44 g/mol.
A) 167 B) 440 C) 30 D) 49
49. Ideal gazning mutloq harorati 4 marta, hajmi 2 marta orttirilsa, uning bosimi qanday o‘zgaradi?
A) 2 marta kamayadi B) 2 marta ortadi
C) 4 marta kamayadi D) 4 marta ortadi
50. 0,8 m3 hajmli gazning 300 K temperaturada bosimi 2,8105 Pa. Shu gazning 1,6105 Pa bosim va 0,7 m3 hajmdagi temperaturasini (K) aniqang.
A) 300 B) 250 C) 200 D) 150
51. Ballonda 27°C haroratli, 4 MPa bosim ostida siqilgan gaz turibdi. Gazning yarmi chiqarilganda, temperaturasi 15°C ga pasaygan bo‘lsa, uning bosimini toping (MPa).
A) 1,9 B) 1.8 C) 2 D) 1,5
52. Bir xil sharoitda O2gazining zichligi N2 gazining zichligidan necha marta farq qilishini toping.
A) teng B) 8/7- marta katta
C) 8/7 marta kichik D) 1,5 marta katta
53. Gazning bosimi 12 marta ortsa, hajmi esa 3 marta kamaysa, uning absolyut temperaturasi kanday o‘zgarishini aniqlang.
A) 3 marta kamayadi B) 3 marta ortadi
C) 10 marta ortadi D) 4 marta ortadi
54. Ideal gazning harorati 4 marta orttirilib, hajmi 2 marta kamaytirilsa, bosim qanday o‘zgarishini aniqlang.
A) 2 marta kamayadi B) 2 marta ortadi
C) 4 marta ortadi D) 8 marta ortadi
55. V va 3V hajmli ikkita idishda 1 mol va 6 mol gaz bor. Agar idishlardagi bosim bir xil bo‘lsa, ulardagi temperaturalar qanday nisbatda bo‘ladi?
A) T1=2T2 B) T1=T2 C) T1=4T2 D)T1=6T2 56. 5 ta bir xil hajmli idishlar quyidagi gazlar bilan to‘ldirilgan: 1) azot, 2) havo, 3) kislorod, 4) geliy, 5) vodorod. Agar gazlarning massalari va temperaturalari bir xil bo‘lsa, qaysi idishda bosim eng kichik?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4