52
II C++ Builder asoslari
2.1 Loyihani yaratish uchun tanlangan dasturlash tili.
Dastlabki
kompyuterlar ikkinchi jahon urushi vaqtida artilleriya
snaryadlarining harakat trayektoriyasini hisob-kitob qilish maqsadida qurilgan edi.
Oldin dasturchilar eng sodda mashina tilini o‘zida
ifodalovchi kompyuter
komandalari bilan ishlaganlar. Bu komandalar nol va birlardan tashkil topgan uzun
qatorlardan iborat bo‘lar edi. Keyinchalik, insonlar uchun tushunarli bo‘lgan
mashina komandalarini o‘zida saqlovchi (masalan,ADD va MOV komandalari)
assembler tili yaratildi.
Shu vaqtlarda Basis va Sabol singari yuqori sathli tillar ham paydo bo‘ldiki,
bu tillar tufayli so‘z va gaplarning mantiqiy konstruksiyasidan foydalanib
dasturlash imkoniyati yaratildi. Bu komandalarni mashina tiliga interpretatorlar va
kompilyatorlar ko‘chirar edi. Interpretator dasturni o‘qish
jarayonida uning
komandalarini ketma - ket mashina tiliga o‘tkazadi. Kompilyator esa yaxlit
programma kodini biror bir oraliq forma - ob‘yekt fayliga o‘tkazadi. Bu bosqich
kompilyatsiya bosqichi deyiladi. Bundan so‘ng kompilyator ob‘yektli
faylni
bajariluvchi faylga aylantiradigan komplyator dasturini chaqiradi.
Interpretatorlar bilan ishlash osonroq, chunki dastur komandalari qanday
ketma - ketlikda yozilgan bo‘lsa shu tarzda bajariladi.
Bu esa dastur bajarilishini
nazorat qilishni osonlashtiradi. Kompilyator esa kompilyasiya va kompanovka
kabi qo‘shimcha bosqichlardan iborat bo‘lganligi uchun ulardan hosil bo‘ladigan
bajariluvchi faylni tahlil qilish va o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas. Faqatgina
kompilyatsiya qilingan fayl tezroq bajariladi,
chunki bundagi komandalar
kompilyatsiya jarayonida mashina tiliga o‘tkazilgan bo‘ladi.
C++ kabi kompilyatsiya qiluvchi dasturlash tillarini yana bir afzalligi hosil
bo‘lgan dastur kompyuterda kompilyatorsiz ham bajarilaveradi. Interpretatsiya
qiluvchi tillarda esa tayyor dasturni ishlatish uchun
albatta mos interpretator
dasturi talab qilinadi.
53
Har bir nom va har bir ifoda o‘z turiga ega bo‘lib, bu tur o‘z ustida amalga
oshirilishi mumkin bo‘lgan operatsiyalarni belgilab beradi. Masalan, int tavsifini
olaylik. Tavsif — dasturga nom kiritadigan operator. Tavsif ushbu nomga tur
bag‘ishlaydi.
Apparat taominoti vositalariga yaqindan bevosita
javob beradigan asosiy
turlar quyidagilardir: char, short, int, ling, float, doble. Dastlabki to‘rtta tur butun
sonlarni, keyingi uchtasi esa suzuvchi nuqtali sonlarni, ya‘ni kasrlarni ifodalashda
qo‘llanadi. Char turdagi o‘zgaruvchi ushbu mashinada simvolni saqlash uchun
mo‘ljallangan o‘lchamga ega, int turdagi o‘zgaruvchining o‘lchamlari esa ushbu
mashinadagi butun arifmetikaga mos keladi (bu, odatda, so‘z bo‘ladi). Tur taqdim
etishi mumkin bo‘lgan butun sonlar diapazoni ushbu turning o‘lchamlariga bog‘liq
bo‘ladi. C++da o‘lchamlar char turdagi ma‘lumotlar o‘lchamlari
birligida
o‘lchanadi, shuning uchun ta‘rifga binoan bir o‘lchamiga ega.
Dostları ilə paylaş: