V. Yangi mavzuni mustahkamlash va bo‘shliqlarni aniqlab to‘ldirish uchun test.
Test kompyuterga yozilgan bo‘lib, ekranga proyektor orqali proyeksiyalanadi. Bunda 2 ta variant ham ekranga sig‘ishi ta’minlanishi shart. ( Kompyuter, proyektor, ekran bo’lmasa test qog‘oz usulida ham berilishi mumkin) Test uchun 5 minut vaqt berilib, vaqt tugagach qatorlar bir biri bilan variantlarini almashadi va o‘quvdchilar bir birlarini testlarini tekshirishadi. O‘quvchilar tekshirgan testlarini bir biriga uzatish orqali o‘qituvchiga yetkazishadi va o‘qituvchi test natijalarini o‘qib eshittiradi. ( Bunda vaqt qolsa videoglaz orqali o‘quvchilar testlarini ekranda namoyish qilib, analiz qilishi ham mumkin).
1 - variant.
1. Kondensator sig‘imining birligi nima?
A) 1 F B) 1 μF C) 1 nF D) barcha javob to‘g‘ri
2. Kondensator qoplami orasi 4 marta ortsa, sig‘imi necha marta o‘zgaradi?
A) 2 marta B) 4 marta C) 8 marta D) 16 marta
3. Kondensator nima maqsadda ishlatiladi?
A) zaryad yig‘adi B) sovitadi C) tozalaydi D) bug‘ga aylantiradi
4. Kondensator qayerlarda ishlatiladi?
A) avtomobillarda B) kompyuterda C) televizorlarda D) barchasida
5. Sig‘imi 2μF bo’lgan 2 ta ketma – ket ulangan kondensator sig‘imini toping.
A) 2μF B) 4 μF C) 8 μF D) 1 μF
2 – variant.
1. Kondensator sig‘imining birligi qaysi olim sharafiga qo‘yilgan?
A) Kulon B) Amper C) Faradey D) Nyuton
2. Sig‘imi 2μF bo‘lgan 2 ta parallel ulangan kondensator sig‘imi nimaga teng?
A) 2μF B) 4 μF C) 8 μF D)16 μF
3. Kondensator yuzasi 2 marta ortsa, sig‘im necha marta o‘zgaradi?
A) 2 marta B) 4 marta C) 8 marta D) 16 marta
4. Kondensator qayerlarda ishlatiladi?
A) fotoapparatda B) radioda C) mototsiklda D) barchasida
5. 2μF necha faradaga teng?.
A) 0,000 002 F B) 1000 000 F C) 0,001 F D) 1F
1 – variant kaliti
-
Dostları ilə paylaş: |