O‘quvchilarda kondensatorlarni tuzilishi, turlari va ishlatilishini haqida bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish hamda fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish, tajribalar o‘tkazish va xulosalar chiqarish, fizik bilimlardan amaliyotda foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi.
Vazifalar
O‘quvchilarga kondensatorlarning tuzilishi, turlari va ishlatilishi haqida ma’lumotlar berish. Elektr sig‘imini o‘lchashni o‘rgatish va kondensatorning turmushda va texnikadagi ahamiyatini tushuntirish orqali fanga va texnikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish.
Jarayonining mazmuni
Elektr sig‘imi, kondensatorlar va ularning turlari, texnikada qo‘llanilishi, kondensatorlarni ketma – ket va parallel ulash, elektr sig‘imini o‘lchashni va hisoblashni o‘rganish.
O‘quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi
Uslub: Tajribalar va xulosalar, "Aqliy hujum", amaliy mashg‘ulot,
guruhlar bilan ishlash.
Vosita: 9-sinf fizika darsligi, 5 ta savoldan iborat test banklari, kompyuter, proyektor, videoglaz, radiopalatalar, namoyish kondensatorlari, elektrofor mashinasi, dielektrik plastinkalar, elektrometrlar, qo‘lda yasalgan RLC – o‘lchagich, slaydlar.
Nazorat: 5 ta savoldan iborat testlar.
Baholash: 5 ballik tizim asosida.
Kutilayotgan natijalar
O‘qituvchi. Kondensatorlar mavzusini , tajriba va hulosa” orqali yoritish natijasida yuqori samaradorlikka erishadi. Interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishini orttiradi.
O‘quvchi. O‘quvchilar mustaqil o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila oladi. Mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi. Guruhlar bilan ishlashni va o`z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga va kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘zini o‘zi rivojlantirish, matematik savodxonlik kompetensiyalari hamda radiodetallar bilan ishlashni, tabiatni muhofaza qilishni o‘rganish orqali biologiya faniga oid ekologik madaniyat kompetensiyalari shakllantiriladi.
Kelgusi rejalar
O‘qituvchi. O‘quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo‘llari va pedagogik texnologiyalarni darsga tatbiq etish uchun o‘z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo‘llanilishi bo‘yicha tajribasini boyitish, fizika xonasi uchun qo‘lda yasalgan asbob uskunalarning
yangi turlarini yaratish.
O‘quvchi. Kondensatorlarning ishlash prinsipini, turlarini, texnikada qo‘llanilishini chuqur o‘rganib, fizika xonasi uchun kerakli namoyish jihozlarini yasashda fizika o‘qituvchisiga yordamlashib, o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish ustida ishlash.