Fizika -sinf I – chorak –dars



Yüklə 189,5 Kb.
səhifə7/10
tarix02.06.2023
ölçüsü189,5 Kb.
#122647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8-sinf Kondensatorlar

2. Filtr sifatida. Laboratoriya xonasidagi PHY (31) – yarim o‘tkazgichlarning xossalarini o‘rganish
uchun laboratoriya to‘plamidagi ko‘priksimon to‘g‘irlagichni o‘zgaruvchan 4,5V li
manbaga ulab, uning cniqishiga reostat orqali radiokarnay ulaganda radiokarnayda shovqin eshitiladi. To‘g‘irlagich chiqishiga 1000 ÷ 2000 μF li kondensator quyidagi sxemadagidek parallel ulanganda radiokarnaydagi shovqin yo‘qoladi. Buning sababi o‘quvchilarga tushuntiriladi.



O‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha olgan bilmlarini quyidagicha amaliy
mashg‘ulot o‘tkazib, mustahkamlanadi.
1 – amaliy ish.
Sinf 3 guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh - ,, Doira”
Ikkinchi guruh - ,,To’rtburchak”
Uchinchi guruh - ,,Uchburchak”
O‘qituvchi: Matematika darsida o‘tilgan uchburchak, aylana, to‘rtburchak yuzasini hisoblash formulalarini takrorlaydi va matematika darsi bilan fizikani bir biriga bog‘laydi.

,,Doira” guruhiga fizika xonasidagi namoyish kondensatori, ,,To‘rtburchak” guruhiga temir tunkadan 24,5 x 24,5 sm o‘lchamda qo‘lda yasalgan to‘rtburchak kondensator, ,,Uchburchak” guruhiga asosi 34,5 sm, balandligi 34,5 sm bo‘lgan o‘lchamdagi temir tunkadan qo‘lda yasalgan uchburchak kondensator tarqatiladi va har bir guruhga o‘z kondensatorining yuzasini o‘lchash orqali hisoblab, d = 2 mm bo‘lgan hol uchun sig‘imni hisoblash topshiriladi. Olingan natijalar kompyuterdagi yoki sinf taxtasidagi quyidagicha jadvalga yozib boriladi.


Taxminan quyidagi natijalarga ega bo‘lamiz.



Guruh nomi

Kondensator yuzasi, m2

Kondensator orasi,
d, m

ε

Kondensator sig‘imi, pF

,,Doira”

0,03

0,002

1

139

,,To‘rtburchak”

0,06

0,002

1

276

,,Uchburchak”

0,09

0,002

1

398


Yüklə 189,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin