1 – variant kaliti.
2 – variant kaliti.
-
Baholash mezoni:
1 ta to‘g‘ri javob – 1 ball
2 ta to‘g‘ri javob – 2 ball
3 ta to‘g‘ri javob – 3 ball
4 ta to‘g‘ri javob – 4 ball
5 ta to‘g‘ri javob – 5 ball
Bo‘shliqlar ekrandagi test yordamida to‘ldiriladi va o‘tgan darsga yakun yasaladi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish.
Reja:
1. Kondensator nima?
2. Kondensatorlarning turlari
3. Kondensatorlarning ulanishi.
4. Kondensatorlarning qo‘llanilishi.
1 – tajriba. Elektrofor mashinasiga birinchi elektrometrni ulanib, zaryadlanadi va unga ikkinchi elektrometrni yaqin joylashtiriladi. Elektrometrlarning sterjenlarini dielektrik lineyka yordamida tutashtirilganda ikkinchi elektrometrga zaryad o‘tmaydi (1-rasm).
1-rasm 2-rasm
2 – tajriba: Elektrometrlarning sterjenlarini metall lineyka yordamida tutashtirilganda esa
ikkinchi elektrometr strelkasi og‘ib, unga zaryad o‘tganini ko‘rsatadi (2-rasm).
Sinfda muammoli vaziyat hosil qilinadi: ( Buning uchun blits savollar beriladi)
O‘qituvchi: Ariqdan nima oqadi? O‘quvchilar: Suv
O‘qituvchi: Metall lineykadan nima oqdi? O‘quvchilar: Zaryad
O‘qituvchi: Suv nima? O‘quvchilar: H2O molekulalari
O‘qituvchi Zaryad nima? O‘quvchilar: Elektron yoki ion
O‘qituvchi: Suvni yig‘ishga nima kerak? O‘quvchilar: Idish yoki hovuz
O‘qituvchi: Zaryadni yig‘ishga nima kerak? O‘quvchilar: ????????????????
O‘qituvchi: Buni tajribadan bilib olamiz.
Muammoli vaziyatdan chiqish uchun ikkinchi tajriba o‘tkaziladi.
3 – tajriba.
Elektrofor mashinasi va surilma kondensator 3-rasmda ko‘rsatilganidek yonma - yon joylashtiriladi. Elektrofor mashinasining zaryadlangan sharchasi izolyatsiyalangan o‘tkazgich yordamida kondensatorning qoplamiga tekkizib olinadi. Keyin kondensatorning qoplami elektrometr bilan tutashtirilganda elektrometr strelkasi biror burchakka og‘adi.
3 – rasm.
Xulosa qilinadi:
Tajribadan ko‘rdikki, parallel joylashtirilgan ikkita metal plastinka o‘zida elektr zaryadini yig‘ish xususiyatiga ega bo‘lar ekan. Bu ikki parallel plastinka kondensator deb ataladi.
Demak, hovuz yoki idishda suv yig‘ilsa, ikkita parallel joylashgan metal plastinkada zaryad
yig‘ilar ekan.
Dostları ilə paylaş: |