Bir kvant holatda bittadan ortiq elektron bo‘la olmasligining tasdiqlanishi, uning umumiy tatbig‘isha olib keldi va bu qoida Pauli prinsipi yoki man etish prinsipi deb ataldi. Pauli prinsipi faqat ma’lum bir atomdagi elektronlar uchun to‘g‘ri bo‘lmasdan, balki koinotdagi barcha elektronlar uchun ham to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin bunda elektronlarning holati ularning energiyasi va fazoviy taqsimlanishi bilan farq qiladi. Pauli prinsipi kvant mexanikasining asosiy prinsiplaridan biri hisoblanadi. Bu prinsipni tavsiflashda zarralarning aynan bir-biriga o‘xshashligi hisobga olinadi. Kvant mexanikasida zarralar tizimining holati to‘lqin funksiyasi bilan ifodalanadi. . Bir xil zarralardan iborat tizimda shunday holatlar bo‘ladiki, tizimdagi istalgan zarralar o‘rinlari almashtirilganda, to‘lqin funksiyasining ishorasi o‘zgarmasa, bunday to‘lqin funksiya simmetrik to‘lqin funksiya deyiladi. Bir xil zarralar tizimidagi istalgan zarralar o‘rinlari almashtirilganda, to‘lqin funksiyasi ishorasini o‘zgartirsa, bunday to‘lqin funksiya antisimmetrik to‘lqin funksiya deyiladi.