Fizika astronomiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 302-guruh talabasi Choriyeva Nozimaxonning nazariy fizika fanidan Spin,Shterin Gerlax tajribasi. Paulining man etish tamoyillari mavzusida tayyorlagan taqdimoti fanidan Spin,Sterin


yaqinlanishda tez ortib boradi. ifodadagi boshqa hadlar atomlar



Yüklə 257,82 Kb.
səhifə3/5
tarix27.03.2023
ölçüsü257,82 Kb.
#90199
1   2   3   4   5
Choriyeva Nozima nazariy fizika ppt

yaqinlanishda tez ortib boradi. ifodadagi boshqa hadlar atomlar

dastasining x=0 tekislikdan siljishidagina paydo bo‘ladi. Shunday qilib, atomlar dastasiga ta’sir etuvchi asosiy kuch:

Fz =mH z

z

Fz kuchning kattaligi mz ga bog‘liq. Fz kuch ta’sirida

bunday magnit maydonidan o‘tgan atomlar dastasi pichoq yaqinida alohida komponentalarga ajraladi. Ajralgan komponentalar soni atom magnit momentining mumkin bo‘lgan proyeksiyalari soniga teng bo‘lishi kerak.

Shtern va Gerlax tajribalari natijalarini miqdoriy tahlil qilish

1925-yilda elektron spinining ochilishiga olib keldi. Spin magnit

momentining proyeksiyalari (ћ birliklarda) soni 2S+1 ifoda orqali

hisoblanadi. Shtern va Gerlax tajribasida 2S+1=2 ekanligi aniqlandi,

bundan esa elektron spini S=1/2 ekanligi kelib chiqadi. Keyinchalik

Shtern va Gerlax tajribasi mis, oltin va boshqa atomlar bilan

o‘tkazildi. Bunda ham vodorod atomi bilan o‘tkazilgandagi natijalar

hosil qilindi. Shunday qilib, Shtern va Gerlax atomda magnit

momentining mavjudligini tajribada ko‘rsatdilar

Paulining man etish prinsipi

Atomda elektronlar n, , mℓ, ms – kvant sonlari to‘plami turlicha bo‘lgan turli holatlarda bo‘lishi mumkin. Odatdagi tasavvurlarga asosan uyg‘otilmagan (asosiy holat) atomlarda elektronlar mumkin bo‘lgan eng kichik energiyali sathlarda bo‘lishi kerak, ya’ni atomning eng ichki energetik sathida. Lekin tajribalar bunday emasligini ko‘rsatadi. Z ning ortishi bilan atom elektron sathlari ketma-ket to‘ldirila boradi. Sathlarning bunday ketma-ket to‘ldirilishini tushuntirish uchun Pauli o‘zining quyidagi gipotezasini taklif qildi: istalgan kvant holatda (energetik sathda) faqat bita elektron bo‘lishi mumkin. Uyg‘otilmagan atomning har bir keyingi elektroni hali to‘ldirilmagan sathlarda eng ichki sathini egallashi kerak.


Yüklə 257,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin