Yuqorida yaratilgan testlar bazasi shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy testlarga
qaraganda bu testda bir xillik bo‘lmaydi va o‘quvchilarga bir muncha qiziqarliroq
bo‘ladi. Undan tashqari
bu interaktiv testlarni rasm, ovoz va videolar yordamida
boyitish imkoniyati mavjudligi ularni yanada qiziqarli va o‘quvchini
katta ishtiyoq
bilan ishlashga chorlaydi. Oddiy testlardan foydalanish savollari tuzishda ma’lum
bir chegarani hosil qiladi.
Boshqa yo‘nalishlar masalan, matematika,
biologiya, geografiya kabi fan
o‘qituvchilari ham juda qiziq, interaktiv testlat tuzish imkoniyati mavjud.
Bundan tashqari testni kompyuter tarmoqlari orqali ham o‘tkazish
imkoniyati va elektron pochta orqali yuborish kabi imkoniyatlarining
mavjudligi
hozirgi zamonaviy ta’lim talablariga ham javob bera oladi.
Nazorat savollari:
1. Pedagogik dasturiy vositalar deganda nimani tushunasiz?
2. Crossword Forge dasturi qanday dastur?
3. iSpring QuizMaker dasturi imkoniyatlarini tushuntiring.
4. Ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan dasturiy vositalarni sanab bering.
Foydalanish tavsiya etiladigan o‘quv-uslubiy adabiyotlar ro‘yxati:
1. X.I.Ibragimov, U.A.Yo‘ldoshev, X.Bobomirzayev ,,Pedagogik
Psixologiya” - O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti Toshkent 2007-y
20-b
2. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” me’yoriy xujjatlar to‘plami – T.:Sharq
nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh taxriryati. 2001 30-34b
3. Lutfullayev M.X. Multimediali elektron darsliklar asosida ta’lim tizimi
samaradorligini oshirish// Ta’lim va tarbiya. –2003. –№3–4
4. Xurramov B, Aliyev J. iSpring QuizMaker dasturida mustaqil ishash
uchun mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanma–Termiz: 2020.–64 б.
Dostları ilə paylaş: