Fizika” fani bo’yicha



Yüklə 3,46 Mb.
səhifə97/145
tarix27.12.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#200610
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   145
Fizika” fani bo’yicha

Nazorat uchun savollar.

  1. Foton nima?

  2. Qanday to’lqinlarga De-Broyl’ to’lqinlari deyiladi?

  3. To’lqin funksiyasining umumiy ko’rinishi qanday?

  4. To’lqin funksiyasining fizik ma’nosi nima?

  5. Noaniqlik nisbatlarining formulalari qanday?

  6. Noaniqlik nisbatlarining fizik ma’nosi nima?

  7. Zarrachalarning berilgan hajmda bo’lish ehtimolini topish formulasi qanday?



Adabiyotlar:
1. David Halliday, Robert Resnick, Jear “Fundamentals of physics!” , USA, 2011.
2. Douglas C. Giancoli “Physics Principles with applications”, USA, 2014.
3. Физика в двух томах перевод с английского А.С. Доброславского и др. под редакцией Ю.Г.Рудого. Москва. «Мир» 1989.
4. Remizov A.N. “Tibbiy va biologik fizika” T. Ibn Sino, 2005.
5. Bozorova S. Fizika, optika, atom va yadro. Toshkent Aloqachi 2007.
6. Sultonov E. “Fizika kursi” (darslik) Fan va ta’lim 2007.
7. O.Qodirov.”Fizika kursi” (o‘quv qo‘llanma) Fan va ta’lim 2005.
8. O. Ahmadjonov. Umumiy fizika kursi. 1 tom. Toshkеnt 1991.
9. A. Qosimov va boshqalar. Fizika kursi 1 tom. Toshkеnt 1994.


  1. Mavzu: Atom fizikasi. Rezerford tajribasi. Atomni yadroviy planetar modeli.

Reja:

  1. Atom fizikasi. Umumiy tushunchalar.

  2. Atom tuzilishining Bor nazariyasi bo’yicha talqini. (Tomson, Rezerford).

  3. Atomni yadroviy planetar modeli.



Tayanch so’z va iboralar: Atom, Bor nazariyasi, Tomson modeli, Rezerford modeli.


        1. Atom fizikasi. Umumiy tushunchalar.

Uzoq vaqtlar davomida fanda atom materiyaning bo’linmas qismi “ dunyo tuzilishining eng elementar g’ishtchalari ” degan fikr hukmronlik qilib keldi. atom grekcha “ atomos ” so’zidan olingan bo’lib, “ bo’linmas ” degan ma’noni bildiradi. Gazlar kinetik nazariyasini tushintirishda eng foydali bo’lgan atom “ bo’linmas” ligi tushinchasi ko’p eksperimental faktlarni talqin qilishda XIX asrning oxirlarigacha eng foydali ta’limot bo’lib keldi. lekin XIX asr oxirlariga kelib katod nurlarining kashf etilishi, birinchi elementar zarracha – elektronning kashf etilishi , Radioktivlik hodisasining kashf etilishi va boshqa hodisalar atom murakkab tuzilishiga ega ekanligi haqida dalolat beradi. Bu hodisalar kvant xarakteriga ega bo’lib, atom tuzilishi haqidagi yangi tasavvur, yangi model’ tuzish lozimligini ko’rsatdi. Atom modeli birinchi bor Tomson tomonidan o’rtaga tashlandi.
Atomning Tomson modeli. Birinchi atom modelini nazariy yo’l bilan 1904 yil Tomson kashf qildi. Uning fikriga asosan atom bir tekis musbat zaryadlangan shardan iborat bo’lib, uning ichida elektronlar xarakat qiladi, deyiladi. Atomning budnday modelini keksga uxlatish mumkin. Tomson hisoblariga asosan bunday atomning radiusi taxminan r~10-8sm=A tartibida bo’lishi kerak. Tomson modeliga asosan atomni massasi uning butun hajmi bo’ylab joylashgan. Atomni atrofida va ichida kuchli elektr maydoni yuzaga kelmaydi.


        1. Yüklə 3,46 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin