Fizika-matematika fakulteti amaliy matematika va infoprmatika kafedrasi iqtisodiyotda matematik modellar fanidan


I. O’quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni



Yüklə 46,54 Kb.
səhifə2/5
tarix07.10.2023
ölçüsü46,54 Kb.
#152932
1   2   3   4   5
IQTISODIYOTDA MATEMATIK MODELLAR

I. O’quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Tа’lim sоhаsidаgi tub islоhаtlаrning аsоsiy mаqsаdi jаhоn аndоzаlаri аsоsidа bilimlаr bеrish vа rаqоbаtdаsh kаdrlаr tаyyorlаshdir. Shuning uchun tа’lim tizimidаgi 5110700 – Infоrmаtikа o’qitish mеtоdikаsi yo’nаlishidа o’qitilаdigаn fаnlаr hаm zаmоnаviy fаnlаrdаn hisоblаnаdi. Ushbu nаmunаviy dаstur bugungi kunning zаmоnаviy bilimlаri bilаn yangilаngаn vа qаytа ishlаngаn dаstur bo’lib, undа fаnning nаzаriy vа аmаliy jihаtlаrigа аlоhidа e’tibоr qаrаtilgаn. Mazkur fan dasturi bakalavriat yo‘nalishi: 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishida o‘qiladigan «Kompyuter ta’minoti» o‘quv fani bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, bo‘lajak fan o‘qituvchisi egallashi kerak bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalar majmuini o‘z ichiga oladi. Kompyuterning ta’minoti fani asosiy kasbiy fanlaridan biri hisoblananib, 1-2-3-semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasidagi rejalashtirilgan informatika, axborot tizimlari va texnologiyalari fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.
«Kompyuter ta’minoti» fani insonlarda axborot muhitida ma’lum bir dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o‘ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki ma’lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatlarini oshiradi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarda «Informatika» mutahassislaridagi fanlarni o‘qitish uchun kadrlarni tayyorlab beradi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad - “Kompyuter ta’minoti” fanini o‘qitishdan maqsad - informatika o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo‘lgan bilimlar va amalda qo‘llash uchun ko‘nikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak bo‘lgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Kompyuter ta’minoti fanining vazifasi - kompyuter texnikasi, arxitekturasi tushunchasi, ishlash prinsiplari, asosiy texnik vositalari bilan tanishish;
- mikroprosessorlar, ularning turlari, fazifalari, imkoniyatlari, ahamiyati, ulardan foydalanishni o‘zlashtirish
- ChIPlar, mikroelektron priborlar va qurilmalarning tuzilish prinsipi, tezkor va doimiy hotira qurilmalarini tashkil etish
- sistemali dasturlash va uning asosiy vazifalari, kompyuter resurslari, operasion sistemalar, operasion sistemalarning rivojlanishi va asosiy funksiyalari, operasion sistema tarkibi: ichki(o‘rnatilgan) va tashqi(utilit–dasturlar), operasion sistema buyruqlari, tarmoq operasion sistemalari, zamonaviy operasion sistemalar, amaliy dasturiy ta’minot, matnlar, grafik va tovushli axborotlar bilan ishlash sistemalari, zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari, jadval prosessorlar, integrallashgan dasturiy vositalarni ishlatish asoslarini bilish..
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quydagi talablar qo’yiladi:

  • yarim o‘tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari, integral sxemalar, ChIPlar, mikroelektron vositalar, mikroprosessorlar, kompyuter texnikasi va uni rivojlanish tarixi, EHM avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi va ishlash prinsiplari, mashina tili tushunchasi, ma’lumotlarni kiritish-chiqarishning bazaviy tizimi, mashinaga mo‘ljallangan dasturlash tili, kompyuter arxitekturasini rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti, dasturiy ta’minot turlari, Operasion sistemalar, integrallashgan dasturiy vositalar to‘g’risida bilimga;

  • mikroelektron vositalar va qurilmalarning tuzilish prinsipini, tezkor va doimiy xotira qurilmalarini ishlatishni, mikroprosessorlar zamonaviy kompyuterlarning mikroelektron asosi sifatida, kompyuterning arxitekturasi va ishlash prinsiplari, kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari, kompyuterning dasturiy ta’minot turlarini, operasion sistemalarning rivojlanishi va asosiy funksiyalari va buyruqlarini, matnlar, grafik va tovushli axborotlar bilan ishlash sistemalarini, zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish sitemalari, jadval prosessorlar, foydalanuvchining amaliy dasturiy ta’minoti va ularda ishlashni bilish bo‘yicha ko‘nikmaga;

  • kompyuterning arxitekturasi va ishlash prinsiplari texnik vositalarni yig’ish va ularni olish, kompyuterning asosiy va atrof qurilmalarini ishlata olish, shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalarini boshqarish, kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minotlari bilan ishlay olish, operasion sistema ichki (o‘rnatilgan) va tashqi (utilit–dasturlar) va buyruqlari bilan ishlash. matnlar, grafik va tovushli axborotlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari, jadval prosessorlar, integrallashgan dasturiy vositalar, amaliy instrumental paketlar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lishi kerak.


Yüklə 46,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin