Matematika-informatika fakulteti kengashining 9/2-sonli yig‘ilish bayonnomasidan KO‘CHIRMA Navoiy shahri 15.05.2023 y.
Kengash raisi: PhD A.O. Norbekov
Kotib: PhD M.A.Maxmudova
Qatnashdilar: Fakultetning barcha professor-o‘qituvchilari.
KUN TARTIBI: Har xil masalalar. 2. NavDPI “Informatika” kafedrasi katta o‘qituvchisi L.S. Isroilova, o‘qituvchilar D.R.Ruziyeva, A.A.Jurayeva, F.A.Shamsutdinov,H.N.Arzikulov va mustaqil tadqiqotchi D.A.Abdullayeva tomonidan tayyorlangan “3D modellashtrish” nomli o‘quv qo‘llanma muhokama qilish va institut Kengashiga tavsiya etish to‘g‘risida.
ESHITILDI Ushbu masala yuzasidan fakultet dekani PhD A.O. Norbekov so‘zga chiqib, bugungi kunda ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari keng joriy etilgan jamiyatda barcha fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta’lim oluvchilar oldiga ularni tez va sifatli egallash bilan bir qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilim izlash vazifasini qo‘ymoqda. Shuning uchun milliy istiqlol g‘oyasiga sodiq, yetarli intelektual salohiyatga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash hamda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalasi o‘quv-uslubiy majmualarining yangi avlodini yaratishni talab qilmoqda. Shu maqsadda, 0112400-Professional ta’lim: 60610200-Axborot tizimlari va texnologiуlari ta’lim yo‘nalishi uchun o‘quv rejasiga “3D modellashtrish” fani amaldagi davlat ta’lim standartiga muvofiq kiritilganligi, ushbu fan bo‘yicha o‘quv dasturiga mos yangi o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash rejasi asosida NavDPI “Informatika” kafedrasi katta o‘qituvchisi L.S. Isroilova, o‘qituvchilar D.R.Ruziyeva, A.A.Jurayeva, F.A.Shamsutdinov,H.N.Arzikulov va mustaqil tadqiqotchi D.A.Abdullayeva tomonidan tayyorlangan “3D modellashtrish” nomli o‘quv qo‘llanmani chop etishga tavsiya qilish to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.
Shundan so‘ng dotsentlar S.Abjalilov, A.Hakimov, R.A.Ro‘ziyev muhokamaga chiqib “Informatika” kafedrasi katta o‘qituvchisi L.S. Isroilova, o‘qituvchilar D.R.Ruziyeva, A.A.Jurayeva, F.A.Shamsutdinov,H.N.Arzikulov va mustaqil tadqiqotchi D.A.Abdullayeva tomonidan tayyorlangan “3D modellashtrish” nomli o‘quv qo‘llanma Davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan talablar asosida talabalar tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni kompetentlik darajasida rivojlantirishni, o‘quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o‘rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligini hisobga olgan holda hamda amaldagi talablarga mos kelishi va uni institut Kengashiga tavsiya etishni ma`qullashdi.
YIG‘ILISH QAROR QILADI:
“Informatika” kafedrasi katta o‘qituvchisi L.S. Isroilova, o‘qituvchilar D.R.Ruziyeva, A.A.Jurayeva, F.A.Shamsutdinov,H.N.Arzikulov va mustaqil tadqiqotchi D.A.Abdullayeva tomonidan tayyorlangan “3D modellashtrish” nomli o‘quv qo‘llanma chop etishga tavsiya qilish maqsadida institut Kengashiga ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilsin.