O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI
19.08-GURUH TALABASI
SOLIJONOV IBROHIMNING DASTURLASH ASOSLARI FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: C# dasturlash tilida Matn muhariri dasturini yaratish.
Bajardi: Solijonov. I
Rahbar: Ismoilov . A
Farg`ona 2021
MUNDARIJA
KIRISH 3
I-BOB. C# DASTURLASH TILI. 5
1.1.C# dasturlash tilining kelib chiqishi. 5
1.2. C# dasturlash tilida operatorlar bilan ishlash. 8
II-BOB. C# DASTURLASH TILIDA MATN MUHARRIRLARINI YARATISH. 16
2.1. C# dasturlash tili matn muharrirlaridan bloknot dasturini yaratish. 16
XULOSA 24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 25
KIRISH
XXI asr – axborot asri.Shunday ekan,farzandlarimizning zamonaviy axborot texnologiyalariga, kommunikatsiya sohasiga qiziqishi tabiiy va bu quvonarlidir. Biz ertangi kunga qat’iy ishonch bilan qarab, yuksak maqsadlar bilan yashayotgan xalqmiz. Intellektual boylik asrida yuksak intellektual salohiyatga ega xalq jadal rivojlanadi.
Islom Karimov.
Mustaqil rivojlanish yo‘lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro’yobga keldiki, bu xalq, xo‘jaligining barcha soxalarida, xususan, ta’lim tizimida xam qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo‘llanilayotganligi, o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan bilimlar ko‘lamining tobora oshib borayotganligi, ta’limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo‘yicha milliy va maxalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta’limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi.
XX asrning 80 - yillaridan oldin ishlab chiqilgan kompyuterlar ukatta dasturiy sistemalarni ishlab chiqish juda ham mushkul vazifa edi. Buning eng katta sababi shu davrga xos bo’lgan kompyuterlarning imoniyatlarining chegaralanganidadir. Dasturiy komplekslarni ishlab chiqishda asosiy cheklanishlar kompyuter tezkor xotirasining sig’imi, ma’lumotlarni ikkilamchi xotira qurilmalaridan (magnit lentalar, barabanlar va x.k.) o’qish tezligi, prostessorning ishlash tezligi (ularning takt chastotalari bir necha yuz mikrosekund bo’lgan) bilan bog’liq. Bu davrdagi kompyuterlar xalq ho’jaligining hisob-kitob bilan bog’liq bo’lgan masalalarini yechish uchun mo’ljallangan edi. Kompyuterlarda boshqa xarakterdagi masalalarning yechishning iloji yo’q edi. Dasturchilar uchun shu kompyuterlarda yechilayotgan masala uchun berilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda masalaning yechish algoritmini ishlab chiqish birinchi o’rindagi vazifa hisoblangan. Bu borada N. Virtning mashhur ma’lumotlar+algoritm=dastur formulasini yodga olish yetarli.
80-yillardan keyin ishlab chiqilgan kompyuterlarning imkoniyatlari kengayib, ishlab chiqarish narxi keskin pasaygani tufayli ulardan foydalanish samarasi ortib bordi. Natijada, dastlab matn va grafiklar uchun muharrirlari ishlab chiqildi, keyinchalik multimedia qurilmasi yordamida tovushli ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlari ham paydo bo’ldi. Kompyuter tasviriy imkoniyatlarining kengayishi foydalanuvchilar uchun qulay bo’lgan grafik muloqot interfeysini yaratilishiga sabab bo’ldi. Natijada yuqori murakkablikdagi katta amaliy dasturlarni yaratish foydali hamda zarur bo’lib qoldi. Dasturiy vositalarni ishlab chiqish uchun qurol sifatida yuqori bosqichli algoritmik tillardan foydalanildi. Bu dasturiy vositalar dasturchi va dasturchilar guruhi imkoniyatlarini kengaytirib, dasturiy mahsulotlarning murakkablik darajasining ortishiga ham sabab bo’ldi.
Hozirgi kunda C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida eng samarali dasturlash tillaridan hisoblanadi. C# dasturlash tilida dastur tuzish uchun Visual Studio .NET muhitidan foydalanamiz. C# dasturlash tili obektga mo’ljallangan dasturlash tili hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |