C# tilida yozilgan dasturni ishlatish uchun:
1. Kodni fayllar sistemasida biror nom bilan saqlash lozim (hello.cs)
2. Kommandalar satrida csc /debug hello.cs buyrug’ini bajarish lozim Ushbu buyrug’ bajarilgach, natijaviy .exe kengaytmali fayl hosil bo’ladi. Agar kompilyatsiya jarayonida xatolik yuzaga kelsa, ma’lumot chiqariladi. /debug parametri bajariluvchi faylga maxsus simvollarni joylashtiradi. Natijada exe faylni qayta ishlovchi dasturda taxlil qilinayotganda stekni kuzatib borishlari mumkin.
3. Dasturni ishlatish natijasida, ekranga Hello yozuvi chiqariladi.
C# dasturlash tilida ; (nuqtali vergul) belgisi operator yakunlanganini bildiradi. Bu har bir operator ; belgisi bilan tugashi kerakligini anglatadi.
Blok katta qavslar ichida yozilib, yaxlit mantiqiy element sifatida qaraladi. Shu sababli blok ; bilan tugamaydi. Buning o`rniga blok yakunida yopiluvchi katta qavs } qo`yiladi. C# dasturlash tilida satr yakunlanishi operator yakunlanganini bildirmaydi, operator faqat ; belgisidan keyin yakunlanadi.