Fizika-texnika fakulteti


Fizika o‘qitish metodikasining predmeti va tadqiqot metodlari



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə6/11
tarix06.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#78625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
18-mavzu tahrir

1.2. Fizika o‘qitish metodikasining predmeti va tadqiqot metodlari.
Uzluksiz ta’lim tizimida fizika o‘qitishning maqsadi o‘quvchi va talabalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash va rivojlantirishdan iboratdir. Shu bilan birga fizikaning metodik masalalaridan bo‘lib, o‘quv kursining mazmunini, tarkibini va dasturini, uni o‘qitishga taaluqli darslik, o‘quv qo‘llanmalar va vositalarni aniqlash va ulardan o‘qitish jarayonida samarali foydalanish usullarini toppish hisoblanadi.
O‘qitish jarayoni tushunchasi asosan quyidagi savollarga javob berishi kerak:
1. Yoshlarni nima uchun o‘qitamiz? Bu har bir davlatdagi o‘qitishningmaqsadi va vazifasi orqali aniqlanib,direktiv hujjatlarda (konstitutsiya, “ta’lim to‘g‘risidagi” qonun, bilim berish konsersiyalari, davlat ta’lim standartlari, o‘quv yurtining ustavi, dasturiy hujjaylar va boshqalar) ko‘rsatiladi. Uzluksiz ta’lim tizimida fizika o‘qitishning maqsadi o‘quv dasturlarining tushuntirish xatida quyidagi tarzda berilgan:
- Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish jarayonida fizikaning tutgan o‘rni va rolini tushuntirish asosida o‘quvchilarni siyosiy-g‘oyaviy, fidoyilik va internatsional milliy ruhda tarbiyalash, direktiv hujjatlarda mos tarzda ilm va texnikani rivojlantirishiga vatanimiz va chet ellik olimlarning qo‘shgan hissalari bilan tanishtirish;
- Ilmiy dalillar, tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, fizika fanining tadqiqot metodlari, bilimlarni amalda qo‘llash va olamning ilmiy manzarasi to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish;
- Materiya tuzilishining birligi, tuzilishining cheksizligini, tabiatdagi saqlanish qonunlarining universialligini, fizik hodisalarning dialektik mohiyatini, fizik nazariyalarning uzluksizligi va izchilligini, fizikaning rivojlanishida nazariya bilan tajribani birgalikda qatnashishini, fizikani o‘rganishda amaliyotning rolini ochib berish;
- Ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy jihatlari bilan tanishtirish – kompleks avtomatlashtirishni, elektronika va mikroprotsessorlarni, texnikani, robotatexnikani, atom energetikani, ishlab chiqarish va axborot texnologiyasining hamda yangi materiallarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan o‘quvchilarni tanishtirish;
- Bilimlarga mustaqil ega bo‘lishni tushuntirish, darslik, o‘quv qo‘llanmalar, ma’lumot beruvchi ilmiy adabiyotlar hamda xrestomatik adabiyotlar bilan ishlash usullarini shakllantirish;
- Ayrim eksperimental ko‘nikmalarni shakllantirish: asbob – anjomlar bilan ishlash, o‘lchash, o‘lchash natijalaridan foydalanish va eksperiment asosida xulosa chiqarish, texnik xavfsizlikka rioya qilish;
- Fizika va texnikani bilishga qiziqtirish, bilish imkoniyatlarini rivojlantirish, o‘qishga samarali yondashishni shakllantirish, fizikani hayot bilan bevosita bog‘lab o‘qitish natijasida o‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash, o‘quvchilarni esa kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish;
2. Yoshlarga nimani va qancha o‘qitamiz? Bu savolga javob umuta’lim maktab, akademik litsey va kasb – hunar kollejlari, mutaxassislik o‘quv rejalari hamda fizika o‘quv dasturlaridan, darsliklardan olinadi.
3. Yoshlarni qanday o‘qitamiz? Amalda bu savolga aniq javob beradigan direktiv hujjat yo‘q . u o‘qitish metodlari, vositalari hamda o‘qitishni tashkil qilish shakllari orqali amalga oshirishga tegishli. Ularni ishlab chiqish, tanlab olish va foydalanish o‘qituvchilardan yuqori darajadagi ijodkorlikni talab qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mustaqillikka erishilgandan so‘ng, Respublikamiz rahbariyati ushbu sohaga alohida e’tibor berib, 1997-yili “Talim to‘g‘risidagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ushbu hujjatlar asosida O‘zbekistonda yoshlarni o‘qitishning yangi tizimiga o‘tildi va u hozirgi kunda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.
Oliy maktablarda fizika o‘qitish metodikasi quyidagi bo‘limlardan iborat: fizika o‘qitishning ununiy nazariy masalalari; fizika kursining ayrim bo‘limlarini yoki mavzularini o‘qitish metodikasi; fizik eksperimentlarni bajarish metodiaksi va texnikasi. Fizika kursining barcha bo‘limlarining mavzulari mazmunini, tarkibini aniqlash va ularni o‘qitishni (xususiy metodika) didaktik nuqtai nazardan ta’minlash hamda o‘qitish metodlarini tanlash va ular asosida ta’lim-tarbiya jarayoninin tashkil qilish ( ummiy metodika) bilan shug‘ullandi.
Fizika o‘qitishning umumiy nazariy masalalariga quyidagilar kiradi:
- Turli o‘quv yurtlarida fizika o‘qitishning maqsadi va vazifalari;
- O‘quv yurtlarida o‘qitiluvchi fizika kursining mazmuni, tuzilishi va hajmi;
- Fizika o‘qitishning matodologik va psixologik asoslari;
- Fizika o‘qitish jarayonida politexnik ta’lim berish va uni amaliyot bilan bog‘lash;
- Fizika kursini predmetlararo aloqasini o‘rnatish va o‘qitishning turli bosqichlari orasida izchillikni amalga oshirish;
- Fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda dialektik – materialistic dunyoqarashni shaklantirish va ularning ilmiy fikr yuritilishini o‘stirish;
- O‘qitishning adekvat texnologiyasi, metodlari hamda vositalari, o‘qitishning tashkiliy shakllarini, ‘quvchilarning bilimini tekshirish va baholash mezonlarini aniqlash va boshqalar.
Fizika o‘qitilishning umumiy masalalaridan keyin kursning mazmuniga tegishli har bir bo‘lim yoki undagi mavzularning o‘qitish metodikasi beriladi va xususiy metodika deyiladi. Dasturda ko‘rsatilgan har bir mavzuning mazmuni, o‘quv materialining ketma – ketligi, undagi tushunchalarni shakllantirish yo‘llari, qonunlar va nazariyalarning mazmun hamda mohiyatini ochib berilishi, o‘quv materialining amaliy ahamiyati, o‘quvchilar ushbu materialni o‘zlashtirishi uchun zarur bo‘lgan qanday malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishi, masala yechishni, laboratoriya ishlarini bajarish yo‘llari va metodik xususiyatlari qaraladi.
Pedagogika yoki didaktikaning bo‘limi bo‘lgan oily maktablarda fizika o‘qitish metodikasi, o‘zining tadqiqot metodlariga ega bo‘lib, u jamiyat taraqqiyoti bilan hamohang rivojlanib va o‘zgarib boradi. Asosiy tadqiqot metodlari va usullari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: muammoning nazariy tanlanishi; oily maktabkarda fizika o‘qitishdagi ilg‘or va ijodkor o‘qituvchilarning tajribasini o‘rganish, ulardan foydalanish va umulashtirish; taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorligini tekshirish uchun o‘tkaziladigan tajriba-sinov ishlari va boshqalar.
Muammoni nazariy jihatdan o‘rganish. Bu metodning mohiyati maxsus adabiyotlarni o‘qish natijasida fizika kursining mazmunini hamda uni o‘qitishning usullari va shakllarini hozirgi talablarga to‘g‘ri kelish darajasini aniqlash bo‘lib hisoblanadi. Adabiyotlar bilan ishlashda yangi fikrlarni kuzatishga, uni tanlashag, unga tegishli o‘z fikrini aytishga asosiy e’tiborni qaratish kerak. Bir masala bo‘yicha bir necha adabiyotlardan olingan fikrlarni taqqoslash, umumlashtirish va tizimlashtirish, umulashtiruvchi maqola yozish ijodiy tadqiqotning asosini tashkil qiladi.
Kuzatishni amalga oshirish. Ilmiy kuzatishni amalga oshirish – haqiqatni to‘g‘ridan – to‘g‘ri bilish usulidir. U bevosita ko‘p qirrali shaklda bo‘lishi mumkin. Birinchidan tadqiqotchi o‘rganilayotgan jarayonni bevosita kuzatishi mumkin. Ikkinchidan esa, tadqiq qilinayotgan jarayon to‘g‘risidagi axborotlar boshqa manbalardan olinadi. Ikkinchi yo‘ldan foydalanish, vaqtincha samaralikka imkon beradi. Bu degani, har qanday pedagogik hodisani kuzatish, har bir tadqiqotchidan ko‘p vaqt talab qiladi. Masalan, o‘quvchilarning fizikadan olgan bilimlarini amalda qo‘llashini kuzatishni amalga oshirish uchun, tadqiqotchi ko‘p vaqtini sarflashi kerak. Agarda ushbu ma’lumotlarni o‘qituvchilar va guruh rahbarlaridan olinsa, unchalik ko‘p vaqt ketmaydi. Shuni aytish lozimki, o‘quv jarayonini bevosita kuzatish, amalda tadqiqotning haqqiniyligiga hamda uning sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.
Kuzatish jarayonida olingan ma’lumotning sifati, uni rejalashtirishga bevosita bog‘liqdir. Kuzatishni amalga oshrish rejasiga nimalar kiradi? Kuzatish obyekti qachon va qanday kuzatilishi, kuzatishning natijalari qanday olinishi kerak? Va boshqa savollar tug‘iladi. Masalan, o‘quvchilarning dars paytidagi faolligini kuzatishda, ularning harakatlarini jo‘ngian yozmasdan, teznik vositalar yordamida yozib olinsa, uning har bir elementi qo‘yilgan maqsad asosida olinadi.
Suhbat usuli tadqiqotchidan maxsus malakalarni talab qiladi. Ular: o‘quvchilar va o‘qqituvchilar orasidagi til topishish, ularning shaxsiy sifatlarini tushunish, psixologik holatlarini sezish, suhbatni tegishli yo‘nalishga bura bilish va boshqalar. Suhbat yurgizish texnikasi ham o‘ziga xos ma’noga ega. Buning uchun ishonchlilik muhitni tuzish, pedagogik etikani va taktni saaqlash.
Suhbat chog‘ida tadqiqotchi o‘quvchilar yoki o‘qituvchilarga kerakli savollarni berib, ularga javob oladi. Bunda, asosiy masala bo‘lib,savollarni tanlash hizoblanadi. Masalan, tadqiqotchi o‘quvchilarning fizikaga bo‘lgan qiziqishini bilmoqchi bo‘lsa, u o‘quvchiga “sen fizikaga qiziqasanmi”? degan savol kerakli natijani bermaydi. Chunki, bu savolga o‘quvchi “ha” yoki “yo‘q” degan javobni berishi mumkin. Bu javobning qanchalik darajada haqiqat yoki noto‘gri ekanligi, o‘qituvchiga avvalgiday nona’lum bo‘lib qolaveradi. Bunday paytda o‘quvchidan fizikaning qaysi bo‘limi qiziqarli ekanligi, masala yechishda qanday usullardan foydalanishi, uy vazifalarini har doim bajarishga qancha vaqt sarflashi, qanday qiyinchiliklarga duch kelishiga oid savollar foydalidir.
Suhbatlashishning natijasini aniqlash ham o‘aiga xos ma’noga ega. Ayrim hollarda, tadqiqotchi suhbatning borishini esida saqlab qolib, suhbat yakunlangandan keyin barchasini yozib oladi. Ammo yozib olish ochiq olib borilganda, javob beruvchi o‘zini erkin sezmasdan, fikrini ochiq ayta olmagan holatlar ham uchraydi. Shuning uchun ko‘pchilik hollarda suhbatni yozib olib, undan ketin maxsus tanlash, o‘zining yaxshi natijasini beradi.
Tadqiqotning anketa usuli. Bu holda tadqiqotchi o‘quvchi va o‘qituvchilarga savollarni yozma ravishda berib, ularga javoblarni ham yozma tarzda oladi. Bu usulning ijobiy tomoni shundaki, oz vaqt ichida ko‘pchilik bilan muloqot qilish mumkin. anketa savollarini tuzishda quyidagilarni hisobga olish taklif qilinadi.
1. Savollar ochiq shaklda berilib, javoblarning variantlari oldindan aniqlanmaydi. O‘quvchilar va o‘qituvchilar javoblarni o‘zlari xoxlagan shaklda bayon qilib, yozib berishadi.
2. Savollarning javoblari oldindan dasturlab qo‘yiladi. Anketaga javob beruvchilar taklif qilingan javoblarning variantlarini o‘zlari to‘g‘ri deb hisoblaganini ostiga chizib yoki belgilab qo‘yishadi.
3. Javob beruvchilar taklif qilingan javoblarning variantlaridan tashqari o‘zlarining o‘y – fikrlarini yozib berish huquqiga ega.
Pedagogik eksperiment – o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish ishini boshqacha aytganda, ta’lim berish samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkasiladigan tajriba – sinov ishlaridir. Bunda, tadqiqotning naqsadiga va qo‘yilgan ilmiy farazga mos, o‘qitish jarayoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, uning natijalari ilmiy mazmunda tanlanadi.
Amaliyotda pedagogik eksperimentning aniqlovchi, tadqiqiy, o‘qituv va tekshiruv turlari qo‘llaniladi. Aniqlov, pedagogik eksperimentning boshlanishi bo‘lib, uni o‘tkazishda qandaydir bir turli fakt, ko‘pchilikka tegishli bo‘lgan kamchilik hisoblanadi. Masalan, fizik tushunchalarni o‘zlashtirish holati tekshirilib, ko‘phcilik o‘quvchilarga tegishli bo‘lgan tipik kamchilikning sababi aniqlanadi.
Eksperimentning bu bosqichida ayrim faktlargina aniqlanmasdan, unga teskari ko‘rinishlarning paydo bo‘lish sabablari ham aniqlanadi. Ushbu sabablarga ko‘ra, bunday xatolarni paydo bo‘lishini oldini olish, agar yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ularni yo‘qotish yo‘llari aniqlanadi. Bunday ishlar pedagogik eksperimentning izlanuv bosqichida bajariladi.
Pedagogik eksperimentning izlanuv bosqichida o‘qitish jarayonini yaxshilashning turli metodik yo‘llari ishlab chiqilib, amaliyotda qo‘llash uchun ilmiy asoslangan va metodik jihatdan eng samaralisi tanlanadi. Tadqiqotchi, o‘qituvchilarga turli ko‘rsatmalarni taklif qiladi, ular berilgan tekliflarni maxsus tanlab olingan eksperimental guruhlarda sinovdan o‘tkazishadi. Ishning natijasiga qarab, taklif qilingan metodik ko‘rsatmalarga aniqlik va tuzatishlar kiritiladi, ayrimlari qaytadan ishlanishi ham mumkin. Natijada, tajribada sinalgan metodik ish tizimi hoail bo‘ladi. Keying bosqichlarda pedagogik eksperimentning o‘qituv va tekshiruv turlari sinovdan o‘tkaziladi. Eksperimentning nomidan ko‘rinib turibdiki, bu bosqichlarda avval aniqlangan metodik taklif va tavsiyalar o‘qitish jarayoniga to‘liq kiritiladi va uning natijalari tahlil qilinadi.
Izlanuv va o‘qituv eksperimentlari oz sonly o‘quv muassasalarida o‘tkazilsa, tekshiruv eksperimenti o‘tkaziladigan o‘quv yurtlarining soni ancha o‘sishi mumkin. Bu esa eksperiment natijasining obyektivligini va ishinchliligini oshiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, oliy maktab fizika o‘qitish metodikasi o‘quvchilarga o‘qitiladigan fizika, matematika, falsafa, pedagogika va psixologiya o‘quv predmetlari bilan bevosita bog‘langan. Jumladan, oily maktabda o‘qitiladigan fizika kursining asosiy quroli bo‘lib matematika hisoblansa, uni o‘qitishda tayanch bo‘lib, didaktik prinsiplar xizmat qiladi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin