birinchidan, o‘quv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog‘liq;
ikkinchidan, bayon qilinadshan materialning harakteriga bog‘liq;
uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog‘liq;
to‘rtinchidan, o‘quv jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘liq;
beshinchidan, oliy o‘quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog‘liq;
oltinchidan, o‘quv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan bog‘liq;
yettinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o‘quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o‘qituvchining hozirgi zamon metodlari bo‘yicha bilimlariga bog‘liq.
Shunday qilib, oliy ta’lim muassasalaridagi kasbiy ta’lim jarayoni o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlariga muvofiq tashkil etiladigan ko‘pqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. Bunda har bir shakl o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajaradi, lekin shakl va metodlar to‘plami yagona didaktik majmuani hosil qiladi. Bu didaktik majmuaning amalga oshirilishi esa, o‘quv jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi.
O‘qitish prinsiplari (prinsip – lotincha so‘z bo‘lib, asos boshlanish degan ma’noni bildiradi) – o‘qitish jarayonini tashkil qilishning asosiy rejalari, yetaklovchi g‘oyalaridir.ular o‘qitishni tartibga soluvchi umumiy ko‘rsatmalar, talablar, rejalar, normalar tarzida bo‘ladi. O‘qitish prinsiplari o‘qitishning asosiy qonuniyatlaridan kelib chiqadi.
O‘qitishning qonuniyatlari – bilim berishdagi hodisalar o‘rtasidagi zaruriy va obyektiv, ma’noli hamda takrorlanuvchi bog‘lanishlardir. Ular asosan o‘qitish jarayonining asosiy elementlari prasidagi bog‘lanishlarni ifodalaydi: o‘qitish jarayoni va jamiyat talabi, o‘qitishning maqsadi, mazmuni, o‘qitish texnologiyasi, uning elementlari, o‘qitish metodi va vositasi, o‘qitishningtashkiliy shakllari, shartlari, o‘qitish natijasi hamda uni tekshirish va boshqalar. O‘qitishning qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
O‘qitish jarayoni jamiyatning hamda har bir o‘quvchining talabiga mos kelishi kerak.
O‘qitish jarayoni bilim berish, tarbiyalash hamda rivojlantirish funksiyalarini bajarishi kerak.
O‘qitish jarayoni o‘quvchilarning haqiqiy o‘quv imkoniyatlariga mos kelishi kerak.
O‘qitish jarayoni unga ta’sir qiluvchi tashqi shartlarga bog‘liqdir:
O‘qitish va o‘quv jarayoni birgalikda pedagogik qonuniyatlarga bo‘ysunib, bir-biri bilan mustahkam bog‘lanishda
O‘qitishning mazmuni o‘qitishning maqsadiga bevosita bog‘liq bo‘lib, u o‘z navbatida, jamiyatning talabi, ilm-fanning rivojlanishi, o‘quvchilarning imkoniyatlari hamda tashqi shartlar asosida aniqlanadi.
O‘qitish metodlari hamda vositalari o‘qitishning maqsadiga hamda mazmuniga bo‘gliqdir.
O‘qitish jarayonining barcha komponentlari orasidagi to‘g‘ri bog‘lanish va tuzilgan qulay shart-sharoit, uning ijobiy natijasini ta’minlaydi.
O‘qitish, o‘quvchining psixologik xusuisyatlariga, shaxsiy qulayligiga, kelajakdagi rivojlanish darajasiga mos holda olib borilishi kerak.
Ushbu qonuniyatlarni o‘qitish jarayonida amalga oshirish uchun, o‘quvchilarni ularga mos didaktik prinsiplar bilan qurollantirish zarur. Didaktik prinsiplar umumiy maqsadga hamda masalalarga tegishli bo‘lgani uchun, o‘qitish jarayonining mazmunini, shaklini hamda metodlarini aniqlovchi asosiy loyiha bo‘lib hisoblanadi. Boshqacha aytganda, didaktik prinsip o‘qitish jarayonining asosiy qonunlarini hamda qonuniyatlarini amalda qo‘llash usulidir. Demak, har bir didaktik prinsipdan aniq loyiha hamda rejalar paydo bo‘ladi.
Didaktik loyihalar bevosita prinsiplardan kelib chiqmaydi, pedagoglarning ko‘p amaliy tajribasidagi kamchiliklarni umumlashtirish va ularni bartaraf qilish asosida kelib chiqadi. Shunday qilib, o‘qitishning amaliy tajribasi qoidalarda, loyihalarda aks etadi va ular ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, o‘qitish jarayonining asosiy qonuniyatlarini avloddan-avlodga o‘tishini ta’minlasa, ikkinchidan, ma’lum bir qoidalar va lyihalar ayrim hollarda o‘quv jarayoniga salbiy ta’sir qilishdan saqlaydi. Shuning uchun, har bir didaktik qoidalardan, loyihalardan bevosita foydalanibgina qolmasdan, ularni har bir pedagogik jarayonga mos ravishda qo‘llash kerak.
Didaktik rivojlanish jarayonida didaktik prinsiplar tahlil qilinib, ular to‘ldiriladi va o‘zgartiriladi. Ayrim didaktik prinsiplar o‘zgartirilsa, ayrimlari esa yo‘q bo‘lib ketadi, o‘rniga yangi prinsiplar paydo bo‘ladi. Jumladan Ya. Komenskiy asosiy didaktik prinsip sifatida tabiat bilan uy’gunlik prinsipini hisoblagan. O‘sha paytda u boshqa prinsiplarni ham asoslangan. Disterveg bo‘lsa, didaktik prinsiplarga mazsus talablarni qo‘yish kerakligini ko‘rsatgan. K. Ushinskiy quyidagi to‘rt didaktik prinsipni kiritgan:
O‘quvchilarning ong-sezimliligi, faollik prinsipi;
Ko‘rsatmalilik prinsipi
Ketma-ketlilik prinsipi;
Bilimning mustahkamlik prinsipi.
Hozirgi paytda barcha didaktik prinsiplar tahlil qilinib, jamiyat talabiga va pedagogikaning yutuqlariga mos ravishda qaytadan ishlab chiqilgan. Ular quyidagi samarali didaktik prinsiplardan iborat:
Ushbu didaktik prinsiplarning mazmuni bilan tanishib chiqaylik.
Onglilik va faollik prinsipi – bu o‘qitish jarayonining borishiga o‘quvchilarning faol hamda ongli ravishda ishtirokini ta’minlashdan iborat. Har bir pedagog o‘quv jarayonini yurgizishda yangi materialni osongina tushuntirib qolmasdan, uni iloji boricha chuqur tushunishga sharoit yaratishi zarur. O‘quvchilarning bilimini ongli hamda faol o‘zlashtirishi ko‘pgina shartlarga va omillarga bog‘liq: o‘qishning sababi va maqsadi, ularning bilish faoliyati darajasi hamda xarakteri, o‘quv – tarbiya jarayonini uyushtirish, o‘quvchining qiziqishi va bilish faolligi va boshqalar. Omglilik va faollik prinsipini amaliyotga joriy qilish uchun quyidagilarga amal qilish zarur:
Yangi materialning mazmunini hamda uni boshqa predmetlar bilan bog‘liqligini ochib berish;
Har bir darsda o‘tilayotgan yangi materialni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish darajasini savollar orqali aniqlab boorish;
Yangi materialni tushuntirishdan oldin, uni avvalgi o‘tilgan material bilan bog‘lanishini ko‘rsatib berish;
Har bir o‘quvchining fikrlashiga va talabiga mos darajadagi savollarni berish;
O‘qitish jarayonida o‘quvchilarning bilish faolligini ta’minlovchi pedagogik holatni yaratish;
Nazariy bilimlarni amalda qo‘llanishini ko‘rsatish;
O‘quvchilarning mustaqil fikrlashini oshirish va boshqalar.
Ko‘rsatmalilik prinsipi. Insonni tashqi ma’lumotni qabul qilishida, undan foydalanishida hamda eslab qolish tizimlari orasida eng samaralisi bo‘lib, ko‘rish tizimi hisoblanadi.( jadval). Chunki, ko‘rish tizimi ma’lumotlarni tez qabul qiladi, ishlatiladi hamda qabul qilingan ma’lumotni uzoq vaqt saqlaydi. Shuning uchun, o‘quv jarayonida ko‘rgazma qurollardan foydalanish kerak. Bu fikrning o‘rinli ekanligini “yuz marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan yaxshi” degan xalq maqoli ham tasdiqlaydi.
Quyida bir qancha metodlar bilan tanishib chiqamiz.
«Zigzag» metodi:Sinf o`quvchilari 4-7 guruhga bo`linadilar va guruhlar nomlanadi. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O`quvchilar matnlarni diqqat bilan o`rganadilar va gapirib beradilar. Vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomonidan to`ldirilishi mumkin. Barcha guruhlarning o`quvchilari o`zlariga topshirilgan matn mazmuni xususida so`zlab berganlaridan so`ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi. SHu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o`rganib chiqilgach o`quvchilar o`tilgan mavzu bo`yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o`zaro mantiqiy bog‘liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g‘oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi. So`ngra o`zlashtirilgan bilimlar asosida o`quvchilarning o`zlariga shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.
Muzyorar metodi: Muzyorar – muomaladagi to`siqlarni yengib o‘tishga va o‘zaro munosabatlardagi «muzni» yorishga qaratilgan mashqdir. Muzyorar, birinchidan, tanishuv jarayonini rivojlantiradi, ikkinchidan, ishtirokchilarni o‘zini bemalol his qilishlariga yordam beradi.
Aqliy xujum metodi: «Aqliy hujum» biror muammoni yechishda gurux qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan eng samarali usuldir. Uto‘g'ri va ijodiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.
FSMU texnologiyasi:
(F) – Fikringizni bayon eting.
(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko`rsating.
(M) – Ko`rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring
(U) – Fikringizni umumlashtiring
Ushbu texnologiya tinglovchilarni o`z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o`z fikrini boshqalarga o`tkazishga, ochiq holda bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o`rgatadi.
“Zinama-zina” texnologiyasi: o`qituvchi o`quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5ta bo`lgani ma’qul); o`quvchilar mashg‘ulotning maqsadi va uning o`tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga qog‘ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo`lgan varaqlar tarqatiladi; o`qituvchi guruh a’zolarin tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog‘ozdagi bo`sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi; guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma(yoki rasm, yoki chizma) ko`rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari kichik mavzu bo`yicha imkon boricha to`laroq ma’lumot berishlari kerak bo`ladi. Tarqatma materiallar to`ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, albatta, sinf doskasiga mantiqan tagma-tag(zina shaklida) ilinadi;
O`qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi.
Ha-yo`q mashqi :O`qituvchi bir nima (raqam, predmet, adabiy yoki tarixiy qahramon va sh. o`.) ni o`ylab qo`yadi. O`quvchilar esa unga savol berib, u nimani o`ylab qo`yganligini topishga harakat qiladilar. O`qituvchi ularning savollariga faqat “Ha”, “Yo`q”, “Ham ha, ham yo`q” so`zlari bilan javob beradi. Savol nojo`ya berilgan yoki o`qituvchi didaktika maqsadlaridan kelib chiqib, savolga javob berishni xohlamaydigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. SHunda u oldindan belgilangan ishora bilan javob berishdan voz kechadi. Mashq yakunlanganidan so`ng albatta qanday savollar kuchli, qandaylari kuchsiz va nima uchunligi yuzasidan qisqa muhokama o`tkazish shart.
Mashqning maqsadi – bolalarni savollarni tartibsiz berishga urintirmasmasdan, ularni izlash strategiyasini ishlab chiqishga o`rgatishdan iboratdir.
“Kungaboqar”: O`quvchilar 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo`linadi. O`qituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, o`rtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga yopishtiriladi Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni o`sha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qo`yadilar. Bu uslubdan o`tilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda talabalar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin.
“Blis-so`rov” texnologiyasi: ushbu usul orqali talabalarga tarqatilgan qog‘ozlarda ko`rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqil ravishda belgilash, kichik guruhlarda o`z fikrini boshqalarga o`tkaza olish yoki o`z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo`la olish kabi ko`nikmalarni shakllantirish. Mashg‘ulotlar interfaol usullardan foydalanish ta`lim sifatini oshirishda muhum omil hisoblanadi. To`gri tanlangan usul maqsadga erishishda birlamchi qadam bo`lish barobarida talimda innavatsiya, erkin fikrlash, mulohaza yuritish va masalani yechimini izlab topish yo`l yo`riqlarini shakllantiradi.