Fizika-texnika fakulteti



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə3/11
tarix06.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#78625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
18-mavzu tahrir

Kurs ishining maqsadi: Umumta’lim maktabining fizika kursida “Mexanik to‘lqinlarning muhitlarda tarqalishi. Ultra va infratovushlardan turmushda va texnikada foydalanish” mavzusini o‘qitishda interfaol ta’lim metodlaridan foydalanishni o‘rganish.
Kurs ishining vazifasi:

  • fizikada darslarida interfaol ta’lim metodlarni samarali qo‘llashni o‘rganish;

  • Fizika o‘qitish metodikasining predmeti va tadqiqot metodlari bilan tanishish;

  • interfaol ta’lim metodlardan foydalanib “Mexanik to‘lqinlarning muhitlarda tarqalishi. Ultra va infratovushlardan turmushda va texnikada foydalanish” mavzusini o‘rgatish.

Kurs ishining tuzulishi: Ushbu kurs ishi 38 ta sahifa, kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

I.BOB. FIZIKADA DARSLARIDA INTERFAOL TA’LIM METODLARINI QO‘LLASH USULLARI.
1.1. Fizikada darslarida interfaol ta’lim metodlarni samarali qo‘llash.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritiladi.
Ta’limda interfaol metod – bu o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida ta’limni o‘zlashtirish munosabatlarini kuchaytirish, faollashtirish demakdir. Mazkur metodlar hamkorlikda ishlash vositasida dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ular o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Interfaol degani bu - berilgan mavzuni o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik asosida dars samaradorligini oshirish, mustaqil fikr berish ko‘nikmasini shakllantirish, fikr- mulohaza, bahs orqali o‘rganish demakdir. Har bir o‘quvchi qo‘yilgan maqsadga mustaqil o‘zi faol ishtirok etgan holda yakka, juftlikda, guruhlarda javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, yozadi, so‘zga chiqadi, dalil va asoslar orqali masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa qatnashchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi axborotni o‘zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondasha oladi. O‘qituvchi faqat fasilitator (yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, tashkil qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini bajaradi. Interfaol metodlar juda ko‘p, hozir quyida charxpalak texnologiyasi qanday amalga oshirilishi va fizika fanida qanday qo‘llashga namunalar keltirilgan.
Interfaol – inglizcha “inter” so‘zidan olingan bo‘lib, “orasida” , “o‘rtasida” degan ma’noni anglatadi, ya’ni ikki o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi faollik degan ma’noni bildiradi. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirish.
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasi o‘sishiga olib keladi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko‘p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo‘llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko‘p bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo‘llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o‘quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.
O‘qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o‘quv muassasasining o‘quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o‘qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.
Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • ta’lim samarasi yuqoriroqbo‘lgan o‘qish-o‘rganish;

  • ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;

  • ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;

  • ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;

  • ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;

  • amalda bajarish orqali o‘rganilishi;

  • ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Shunday qilib, fanlarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o‘ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o‘rganish va amalda qo‘llash o‘quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to‘g‘ri echimini topishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o‘quvchi-talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi.
Yuqorida aytilganlardan interfaol ta’lim metodlarini tegishlicha tahlil qilish va shu asosda ularni tasniflash zarurati ma’lum bo‘ladi. Quyida ushbu masala yuzasidan umumiy mulohazalarni keltiramiz.
Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta’lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin